C diskidagi Temp papkalari bo‘yicha
@itspecuz
C diskiga Windows operatsion tizimini o‘rtatganimizdan so‘ng Windows papkasida va joriy foydalanuvchi papkasida (bizning holatimizda ushbu foydalanuvchi IT spec) Temp papkalari yaratiladi. Quyida bularning yo‘nalishini keltiramiz:
C:\Windows\Temp;
C:\Users\IT spec*\AppData**\Local\Temp;
* Windows o‘rnatilgan paytdagi siz tomondan tizimga nisbatan berilgan foydalanuvchi nomi;
** AppData papkasi qoida bo‘yicha yashirin (Скрытый) papka hisoblanadi, Проводник oynasida F4 klavishasini bosgan holda manzil satri (Адресная строка)ga o‘tib \AppData so‘zini kiritgandan so‘ng Enter klavishasini bosganimizda ochiladi.
Temp papkasi biz biror dasturni kompyuterga o‘rnatayotgan paytimizda ushbu dasturning fayl va papkalarini vaqtinchalik arxivdan ajratilgan holda ishlatilishi uchun, bundan tashqari kompyuterimizdagi mavjud dasturni ishga tushirganimizda ushbu dasturning vaqtinchalik fayllarini saqlab turish uchun mo‘ljallangan.
Kompyuterga biror dastur o‘rnatayotgan paytimizda Temp papkasiga dasturning arxivdan ajratilgan fayllari ko‘p hollarda dastur muvaffaqiyatli o‘rnatilganidan so‘ng o‘z-o‘zidan o‘chib ketadi, ba’zi dasturlarning fayllari esa shunchaki qolib ketib, C diskidan ortiqcha joy egallab turaveradi.
Maslahatimiz hech bo‘lmaganda haftada bir marta ushbu papkalarga kirib, ularning tarkibidagi elementlarni o‘chirib turing, iloji boricha ushbu ishni kompyuterni ishga tushirganingizdan so‘ng, hali biror dasturni alohida ishga tushirmagan holatingizda amalga oshiring.
Temp papkasi tarkibidagi elementlarni o‘chirayotgan paytingizda, biror bir fayl joriy vaqtda ma’lum bir dastur tomonidan qo‘llanilayotgan bo‘lsa, ushbu faylni o‘chirishingizga ruxsat bermaydi, Файл уже используется degan oyna ochiladi, shunda Выполнить это действие для всех текущих объектов’ga maxsus belgi (галочка) o‘rnatib, so‘ngra Пропустить tugmasini bosgan holda o‘tkazib yuborasiz:

Ora-orada ushbu kichik profilaktika ishini amalga oshirib turish barchamiz uchun foydadan holi emas deb bilamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat, agar ushbu maqolamizdagi berilgan maslahat siz uchun yangilik bo‘lsa, u holda olgan bilimingizni do‘stlaringiz bilan ham ulashing!
Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz