Byudjet tashkilotining kalendari

Byudjet tashkilotining kalendari

uzasbouz


Soliq hisobotlari

30-yanvar - oldingi yil uchun toʻlov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etishning soʻnggi kuni

O'zR Soliq kodeksi 389-moddasi

Hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasi - oldingi oy uchun ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni

OʻzR Soliq kodeksi 389, 390, 407-moddalari (Soliq hisobotining “Har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga toʻlab berilgan badallar toʻgʻrisida maʼlumot” deb nomlangan 5-ilovasini salary.mdm.uz ning Hujjatlar - Elektron hisobot - His. mehnatga haq toʻlash tarzidagi dar-dlar, JSHDS va SHJBPHga toʻl. badallar toʻgʻ. maʼlumot qismidan olish mumkin)

15-fevral -  oldingi yil dekabr oyi uchun ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni

OʻzR Soliq kodeksi 389, 390, 407-moddalari (Soliq hisobotining “Har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, mazkur daromadlar boʻyicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga toʻlab berilgan badallar toʻgʻrisida maʼlumot” deb nomlangan 5-ilovasini salary.mdm.uz ning Hujjatlar - Elektron hisobot - His. mehnatga haq toʻlash tarzidagi dar-dlar, JSHDS va SHJBPHga toʻl. badallar toʻgʻ. maʼlumot qismidan olish mumkin)


Statistika hisoboti
Tashkilotlar tomonidan bundan tashqari yana qanday statistika hisobotlari topshirilishi kerakligi boʻyicha batafsil maʼlumotni stat.uz/hizmatlar/shakllar-ro-yxati manzilidan olish mumkin

1-fevral - oldingi yil uchun “1-mehnat shakli” yillik mehnat hisobotini taqdim etishning soʻnggi kuni

OʻzR Davlat statistika qoʻmitasining 02.10.2019-y. 10-mb-son “2020-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori (AV tomonidan 04.11.2019-y. 3193-son bilan roʻyxatga olingan.)

Hisobot davridan keyingi oyning 6-sanasi - o'tgan chorak uchun “1-mehnat shakli” choraklik mehnat hisobotini taqdim etishning soʻnggi kuni

OʻzR Davlat statistika qoʻmitasining 02.10.2019-y. 10-mb-son “2020-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori (AV tomonidan 04.11.2019-y. 3193-son bilan roʻyxatga olingan.)


Moliyaviy hisobotlar
Moliyaviy hisobot muddatlari

AV tomonidan 15.02.2018-y. 2971-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalar”ning 11-ilovasi


G'aznachilik organlariga topshiriladigan ma'lumotlar

25-dekabr - joriy yil uchun yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazishga taqdim etishning soʻnggi kuni

OʻzR Byudjet kodeksi 122-moddasi

30-dekabr - kelgusi moliya yili uchun kutilayotgan yillik xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumotni gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etishning soʻnggi kuni

AV tomonidan 11.05.2018-y. 3009-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 12-bandi

Har oyning 28-sanasi - kelgusi oy uchun kutilayotgan oylik xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumotni gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etishning soʻnggi kuni

AV tomonidan 11.05.2018-y. 3009-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning 12-bandi


Pensiya jamg'armasiga topshiriladigan ma'lumotlar

Har oyning 10-sanasi - Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga o'tgan oy uchun yuridik shaxslar xarajatlarini toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olish uchun oylik talabnomalarni taqdim etishning soʻnggi kuni

AV tomonidan 03.11.2016-y. 2836-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 23-bandi

Har oyning 25-sanasi - o'tgan oy uchun xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni toʻlashning soʻnggi kuni

AV tomonidan 03.11.2016-y. 2836-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 17-bandi

1-fevral - oldingi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim etishning soʻnggi kuni

AV tomonidan 03.11.2016-y. 2836-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 11-bandi


Moliya organlariga topshiriladigan ma'lumotlar

10-mart - joriy yil uchun xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tasdiqlashning soʻnggi kuni

OʻzR Byudjet kodeksi 103,106-moddalari

31-mart - joriy yil uchun xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazishning soʻnggi kuni

OʻzR Byudjet kodeksi 107-moddasi

1-avgust - kelgusi yil uchun byudjet soʻrovini taqdim etishning soʻnggi kuni

OʻzR Byudjet kodeksi 92-moddasi

25-dekabr - kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazishning soʻnggi kuni

OʻzR Byudjet kodeksi 104-moddasi


Xalq bankiga

Hisobot davridan keyingi oyning 14-sanasi - o'tgan oy uchun Xalq bankiga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi xodimlarning SHJBPHga badallari reyestrini taqdim etishning soʻnggi kuni

AV tomonidan 06.10.2005-y. 1515-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 10-bandi


Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga

Hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasi - o'tgan yarim yillik uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlariga davlat mulklarining holati toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etishning soʻnggi kuni

AV tomonidan 03.09.2007-y. 1708-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 19-bandi

Report Page