Buyuklar 20 yoshgacha...

Buyuklar 20 yoshgacha...

Elsevar

Mark Sukerberg, amerikalik internet tadbirkor, Facebook ijtimoiy tarmog'i asoschilaridan biri, "Breakthrough Starshot " quyosh yelkanli kosmik kemalarni ishlab chiqish loyihasining boshqaruv a'zosi:

Maktab davrlaridayoq u bir nechta kichik dasturlarni yozgan. Masalan, Synapse “aqlli” mp3-pleyeri foydalanuvchining qiziqishlaridan kelib chiqib, pleylistlarni mustaqil yarata olgan. Microsoft uni sotib olish istagini bildirgan, ammo Sukerberg rad javobi bergan.

Universitetda o'qish paytida u butun diqqat-e'tiborini to‘liq dasturlash ishlariga bag‘ishlagan. Hattoki, imtihonlarga tayyorlanishda ham Sukerberg o‘z mahoratlaridan foydalangan. Masalan, san’at tarixi bo‘yicha yakuniy testga ikki kun qolganida u sayt yaratib, uning har bir sahifasiga bittadan kartina qo‘yib chiqqan va kursdoshlaridan ushbu san’at asarlari haqidagi fikrlarini so‘rab olgan. Yozilgan izohlar Markka imtihonni a’loga topshirishga yordam beradi. U shunday uddaburonlik bilan vaziyatdan chiqib ketadi.

• Stiv Jobs, amerikalik biznes magnat, investor, Apple hamda Pixar kompaniyalarining raisi va aksiyadori.

U 12 yoshida Hewlett-Packard kompaniyasida yozgi ishga qabul qilingan va u yerda Stiven Voznyak bilan tanishgan. 16 yoshida esa Kapitan Kranch ismli mashhur xaker bilan uchrashgan. Undan maslahatlar olib, Voznyak dunyo bo‘yicha bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Ko‘k quti”ni yaratgan, Jobs esa uni sotish bilan shug‘ullangan.

1972-yilda Jobs Oregon shtati Portlend shahridagi Rid kollejiga o‘qishga kiradi, ammo birinchi semestrdan keyinoq, o‘qishni tashlab, kampusda bekorchi bo‘lib yuradi. Keyinroq u Atari firmasiga ishga kirib, Hindistonga borish uchun pul ishlab topadi, qaytib kelganidan so‘ng, Voznyak unga birinchi shaxsiy kompyuter prototipini ko‘rsatguniga qadar o‘sha firmada ishlagan.

• Ilon Mask,  SpaceX asoschisi, bosh direktori va bosh muhandisi dizayneri, Tesla, kompaniyasining mahsulot arxitektori; The Boring Company hamda Neuralink, OpenAI asoschilaridan biri.

U dasturlashni 10 yoshida o‘rgangan, 12 yoshida esa o‘zi yaratgan Blast Star o‘yinini 500 dollarga sotgan. Mask 1995-yilda birinchi kompaniyasi - Zip2 startapini ishga tushiradi, bu yangiliklar nashrlariga kontentni internetga joylash imkonini berardi. 1999-yilda startapni Compaq tashkiloti 304 million dollarga xarid qiladi, Ilon Maskka shuning 20 millioni tegadi va u millionerga aylanadi.



Report Page