,,Buyuk shoir, davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi - ibrat maktabi"

,,Buyuk shoir, davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi - ibrat maktabi"

Nurullayeva

Qorovulbozor tuman 8-IDUMda o'qituvchilar ishtirokida joriy yilning 7-fevral kuni 9-fevral Alisher Navoiy bobomizning tavallud kunlari munosabati bilan ,,Buyuk shoir,davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi-ibrat maktabi"mavzusida ma'rifat soati bo'lib o'tdi.Ma'rifat soati" da maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi G.Saksonova so'zga chiqib , yig'ilish ishtirokchilariga ,"Buxoronoma" gazetasining 2023- yil 4 - fevraldagi 9- sonida Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Buxoro viliyati bo'limi rahbari f.f.n, dotsent M. Pardayevaning Alisher Navoiyning insonparvarlikg'oyalariga bag'ishlangan " Umrboqiy qadriyatlar kuychisi " mavzusidagi maqolasining mazmun mohiyatini bayon qildi.

O'tmishi sharafli , kelajagi buyuk xalqimiz asrlar davomida dunyo tamadduni rivojiga munosib hissa qo'shgan komil farzandlari , ularning ilmiy - ma'naviy merosi bilan jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallab kelgan .Inson va uning tarbiyasi , yetuk shaxsni kamolga yetkazish masalasi qadimdan Sharq olimlari , mutafakkur va donishmandlarining diqqat markazida bo'lib kelgan. Ular inson zotini yuksaklikka ko'targan, uni tirik mavjudotlar orasida eng a'losi deb hisoblaganlar . Tarixiy taraqqiyot davrida ro'y bergan Renessanslar aynan shu buyuk g'oyalar asosida vujudga kelgan.

     Alisher Navoiy o'quvchini odamlarga mehr - muruvvat ko'rsatish , solih amallarga xayrixohlik , nafsni tiyish , kambag'allarga xayr- ehson qilish , rahmdil va shafqatli bo'lish , doimo xalq g'amini yeyish ,ular tashvishida yashashga da'vat etar ekan , bu fazilatlar odamiylikning eng muhim sharti ekanligini ta'kidlaydi:

  Odamiy ersang , demagil odami,

    Onikim , yo'q xalq g'amidin g'ami.

 Yoki:

Menga ne ishq- u oshiq havasdir,

Agar men odam o'lsam ushbu basdir.

     Darhaqiqat , bugun hazrat Navoiyning purma'no asarlari nafaqat turkiy tilli davlatlar , balki butun dunyo ahlini buyuk insonparvarlik g'oyalari ostida birlashtirishga xizmat qilmoqda.

Mavzu yuzasidan maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi N.Rustamova ham o'z fikr mulohazalarini bildirdi.

Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).

Navoiyning “Hamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U – turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u o‘zining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan.Navoiy umrining so‘ngida axloqiy-pandnoma ruhidagi “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) asarini yozdi. 1500 yili bitilgan bu kitob Navoiyning eng yirik asari hisoblanadi. Unda mutafakkirning uzoq yillik hayotiy xulosalari o‘ta ta’sirchan bayon etilgan.

Ma'rifat soatida o'qituvchilar Alisher Navoiy g'azallaridan aytishdi.

Maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi M.Qo'chqorova ham mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.




MMIBDO':Zaripova.

IMMBT:X.Nurullayeva.









Report Page