Buyuk "SO'ZLAR" jangi: Vizualizatsiya, shaxsiylashtirish va ijtimoiy muhandislik.
Alisher ZohidBirinchi jahon urushi: Buyuk Britaniyaning agitatsion kampaniyasi.
Ushbu Britaniya plakati fuqarolarni "o'z o'rnini egallash"ga chaqiradi. Plakatda turli kasb egalari, jumladan, fermerlar, ishchilar, advokatlar va boshqa fuqarolar armiyaga qo'shilish uchun navbatda turishgan. Ular oldinda turgan askarlarning qatoriga qo'shilish uchun saf tortishmoqda. Plakat shaxsiy martaba yoki hayotdagi mavqelaridan qat'i nazar, barcha fuqarolarni davlat xizmatiga chaqirish uchun yaratilgan.
Kundalik iste'mol mahsulotlarini propaganda quroliga aylantirishning yorqin misollaridan biri.
Kundalik iste'mol tovarlarida vatanparvarlik shiorlarining bosilishi, xususan, shokolad va tamaki o‘ramlari, shisha yorliqlari va poyabzal kremidagi yozuvlar tashviqot vositasi sifatida foydalanilganini ko'rsatadi. Bu strategiya oddiy fuqarolarning kundalik hayotida propaganda xabarlarini joylashtirishga mo'ljallangan bo'lib, ularning vatanparvarlik va urushga bo'lgan sadoqatini kuchaytirishga xizmat qilgan. Ushbu tasvirdagi “Sizga baxt, omad va sharaf hamroh bo‘lsin” kabi ijobiy va ko‘tarinki ruhdagi shiorlar, askarlarning saf tortib ketayotgani tasvirlari orqali odamlarning qalbida urushga qarshi ijobiy munosabatni shakllantiradi.
Bu tarzdagi tashviqot kundalik hayotning turli jabhalariga singdirilgani tufayli, fuqarolar shiorlarni muntazam ko‘rib turishgan va bu ularning ongi va ruhiyatiga chuqur ta’sir qilgan. Bu, odamlarga vatanparvarlik ruhi bilan yashashni va o‘z mamlakatlari uchun kurashish hissini kuchaytirgan. Kundalik iste'mol tovarlari orqali yetkazilgan bunday xabarlar, oddiy iste'mol mahsulotlarini kuchli propaganda vositalariga aylantirib, urush davrida katta kuch va ta'sirga ega qurolga aylantirgan.
Senchi...? Nima uchun o'lishga tayyorsan?
Surat 1915-yil 12-oktabrda nemislar tomonidan otib o‘ldirilgan hamshira Edit Kavelning qotilligini ko‘rsatadi. Rasmda nemis askari qurol ko‘tarib, yotgan Kavel ustida turibdi. Orqa fonda esa boshqa askarlar saf tortgan. Rasmning o‘ng burchagida "Miss Edith Cavell. Cowardly Murdered. October 12th 1915" deb yozilgan.
Bu tasvir o‘sha davrdagi tashviqot vositasi sifatida ishlatilgan bo‘lib, u ittifoqchilarni birlashtirish va nemislarga qarshi jamoatchilik fikrini kuchaytirishga qaratilgan. Bunday grafika bilan propaganda, nemislarni shafqatsiz qotillar sifatida ko‘rsatib, ularning insoniy axloqqa zid ekanligini ta’kidlaydi. Kavelning fojiali qotilligi, xalqni safarbar qilish va dushmanga qarshi kurashda kuchli ishtiyoqni uyg‘otish uchun foydalanilgan. Bu kabi rasmlar va kartinalar odamlarning his-tuyg‘ulariga ta’sir qilib, urush davomida ko‘proq qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash uchun keng ko‘lamli targ‘ibot kampaniyalarining bir qismi bo‘lgan.
Hamma narsa front uchun!
Bu plakat tarmoqdagi ishchilarni qo‘shimcha harbiy o‘q-dorilar ishlab chiqarishga undash maqsadida ishlatilgan. Plakatda bombardimon qilingan hududning tasviri va unda o‘q-dorilarning qanday samarali bo‘lgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, unda ishchilardan dam olishni qoldirib, ko‘proq o‘q-dorilar ishlab chiqarishga chaqirilmoqda.
Plakatning asosiy maqsadi ishchilarning harakatlarini rag'batlantirish va ularning frontdagi muvaffaqiyatdagi rolini ta'kidlash edi. Bu orqali ishlab chiqarish sektoridagi odamlarni bir maqsad yo'lida jipslashtirib, urushda g‘alabaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga qaratilgan. Bu singari targ'ibot materiallari butun jamoani yagona maqsad atrofida birlashtirish va ularni urush harakatlarini qo'llab-quvvatlashga undash uchun ishlatilgan.
Kompromissga o'rin yo'q! Arslon izidan, siyosatchi so'zidan...
Va'daning aniq bajarilishini xohlasang, uni ommalashtir!
Ushbu plakatda Avstraliya Britaniyaga qo'shimcha 50 000 askar yuborishga va'da bergani va odamlarni ushbu va'dani bajarishga yordam berishga chaqirilayotgani ko'rsatilgan. Plakatda katta raqamlar va aniq xabar bilan bir qatorda, fonida Avstraliyaning ramzi bo‘lgan kenguru va askarlarning siluetlari aks ettirilgan.
Bu plakat propagandaning qanday qilib milliy ramzlardan foydalangan holda odamlarga ma'lum bir majburiyatni eslatish uchun ishlatilganini ko'rsatadi. Kenguru bilan bog‘liq avstraliyaliklik milliy g‘ururi odamlarga o‘z mamlakati uchun nima qilish kerakligini his qildirishga xizmat qilgan. Shuningdek, plakatda "Siz" so‘zining katta va urg‘uli shaklda yozilishi har bir odamni shaxsan javobgar va mas'ul deb bilishga undaydi.
Bu kabi propagandaning asosiy maqsadi odamlarni shaxsan javobgarlikka jalb qilish va lobbizmni amalga oshirishdir. Ya'ni, va'dani bajarish mas'uliyatini jamoaga yuklab, odamlarni bu maqsadni bajarish uchun faollikka undashdir. Shu tariqa, plakat Avstraliyadagi odamlarni vatanparvarlik hissi va g‘urur orqali safarbar qilib, Britaniyani qo‘llab-quvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga olishga chaqiradi.
O'zing yemasang ham, yedirasan...
Plakat urush paytida iqtisodiyot va resurslardan samarali foydalanish bo'yicha ko'rsatmalarning bir qismi bo'lib, unda issiq vannalarni kamroq olish orqali ko'mirni tejash tavsiya qilingan. Plakatda ko'mir bo'lagi ustida "Kamroq issiq vanna – va ko'mirni asrab qolasan!" deb yozilgan. Bu ko‘mirni urushda foydali maqsadlarda ishlatish va fuqarolarni issiq suv va boshqa manbalardan foydalanganda tejab-tergab ishlatishga undashga qaratilgan.
Surat ko‘mirni asrab-avaylash orqali energiya resurslarini tejashga qaratilgan propagandaning qanday ta’sir qilganini namoyon etadi. Plakat omma ongiga resurslarni tejash zarurligini va bu harakatning milliy urush harakatlariga qanday hissa qo‘shishini singdirishga intiladi. Bu kabi tashviqot materiallari ommaviy axborot vositalari yordamida davlat resurslarini muhofaza qilish maqsadida keng miqyosda tarqatilgan.
Bu propagandaning ta’siridan shuni anglash mumkinki, davlat muayyan maqsad va ideallarni targ‘ib qilish uchun fuqarolarni birlashtirgan. Plakatlardagi shiorlar va rasmlar keng ommaga mo'ljallangan va aholining urushga munosabatiga sezilarli ta’sir o‘tkazgan.
Boringni berishga tayyormisan...?
Bu plakat, urush davrida aholining urush sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga bo'lgan sadoqatini oshirishga qaratilgan kuchli patriotik xabarga ega. Plakat shuni ta'kidlaydiki, sharaf va ozodlik kabi qadriyatlarni himoya qilish uchun hech qanday qurbonlik qimmat emas. Bosh vazirning so‘zlari, insonlarni urushning yuqori narxlari va qiyinchiliklariga qaramay, vatanparvarlik burchini ado etish zarurligini ta’kidlaydi.
Bu kabi propaganda aholining his-tuyg'ulariga ta'sir qilish va ularni urushga bo'lgan munosabatini o'zgartirish uchun mo'ljallangan. Bunda rasm va bosh vazirning bayonotidan foydalanib, ko‘proq fuqarolarni urushning shafqatsizligini oqlashga, uni qo‘llab-quvvatlashga undash ko‘zda tutilgan. Plakat shuni ko'rsatadiki, davlat urushning og'irligini odamlarga singdirish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanib, qimmatbaho qadriyatlarni himoya qilish maqsadida targ'ibotdan foydalanadi.