Buxoroda enoturizm markazi yaratilishi rejalashtirildi

Buxoroda enoturizm markazi yaratilishi rejalashtirildi

Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi 

Viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari Buxoro tumanda faoliyat yuritayotgan uzumni qayta ishlash “Gala River” qo`shma korxonasiga tashrif buyurishdi.

O’rganish davomida “Gala River” QK faoliyatini yanada takomillashtirish, sohaga innovatsiyalarni jalb qilish hamda yangi texnoligiyalarni joriy etish bo’yicha takliflar berildi jumladan, joriy yilning 12 iyun kuni, Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga muvofiq viloyatda uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirish hamda hududlarda enoturizmni yo‘lga qo‘yish bo’yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Gala River” QK negizida enoturizm markazini yaratish taklif etildi hamda mazkur loyihani amalga oshirish bo’yicha firk almashildi.

Bugungi kunda korxona 40 ta fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni o‘rnatib 397 gektar yer maydonida uzumning 30 navdan ortiq turini yetishtirib, qayta ishlab, ishlab chiqilgan yarim tayyor mahsulotni Rossiya va Qozog’iston davlatlariga  eksportga yo‘naltirilmoqda.

Tashrif davomida korxona tomonidan yetishtirilayotgan 55 gektar yosh uzumzor maydoni o’rganilib, mazkur uzumzor qoshida  enoturizm markazi yaratilishi, organik uzumchilikni yo‘lga qo‘yish, tayyor vino mahsulotlarni saqlaydigan zamonaviy yerto‘la va ochiq osmon ostidagi restoran qurilishi rejalashtirilmoqda.

Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi matbuot xizmati





Report Page