Buxoroda "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalarining 2024-yilgi mavsumiga start berildi

Buxoroda "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalarining 2024-yilgi mavsumiga start berildi


Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan 2021 yildan e’tiboran yoshlarni sportga keng jalb qilish va iqtidorli va iste’dodli yoshlarni saralab olish maqsadida DXX kubogi uchun futbol va mini futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Ayni shu yo'nalishda Buxoro shahridagi “ Umid " sport majmuasida bu yilgi mavsumining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi





Tadbir avvalida Buxor viloyat hokimi Botir Zaripov yig’ilgan yoshlarni musobaqaning bu yilgi baxslari bilan tabriklab ular omad tiladi. Hamda vilayat raxbarlari bilan birgalikda musobaqaga ramziy start berishdi.





Ma’lumot o’rnida aytishimiz mumkinki 2021-2023 yillar davomida ushbu tadbir doirasida viloyat miqyosida 35 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etib, ko‘plab yangi iqtidorli yoshlar kashf etildi.

Quvonarlisi musobaqalarning viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan mahalla jamoalarining mahallasida zamonaviy yangi tipdagi STREET WORKAUT maydonchalari qurib berish amaliyoti joriy qilindi. Bu tajriba yoshlarning o‘z mahallasida obro‘sining oshishiga va ortidan yoshlarni ergashtirishda motivatsiya bo‘lib xizmat qilmoqda.

2023 yildan DXX kubogi musobaqalari qizlar o‘rtasida ham o‘tkazilishi futbolchi qizlarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Bugungi kunga qadar viloyatning 544 ta mahallasidan futbol, mini futbol va qizlar futbol jamoalari to‘liq shakllantirilib, talabnomalar topshirildi.






Turnirda ishtirokchilar 3 bosqichda bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. 1 – bosqichda tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida, 2 – bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida, 3 – bosqich. Respublika bo‘yicha final musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi. 16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha DXX kubogida ishtirok etishlari mumkin.







Report Page