Buxoro viloyatiga yana ikki dona yuqori quvvatdagi kuch transformatorlari olib kelindi.

Buxoro viloyatiga yana ikki dona yuqori quvvatdagi kuch transformatorlari olib kelindi.


Buxoro viloyati aholisi hamda tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Davlat dasturlari asosida qator loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bilan bir qatorda hududlardagi podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari ham bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Anashunday yangilanishlardan yana biri viloyatning G’ijduvon tumanida amalga oshirilmoqda. Loyiha asosida yuqori kuchlanishdagi “G’ijduvon” 110/35/10 podstansiyasining quvvatini oshirish uchun 2 dona 40 000 kVAli kuch transformatorlari olib kelindi.

Mazkur quvvatdagi transformatorlar o’rnatilishi G’ijduvon tumanidagi 50 000ga yaqin elektr energiyasi iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash imkonini beradi.

Shuningdek, umumiy qiymati 19 mlrd so’mdan ortiq bo’lgan ushbu kuch transformatorlarining ishga tushurilishi natijasida podstansiyaning quvvati 3 barobarga ortadi. Shu bilan bir qatorda qo’shimcha quvvat ham yaratiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

 




Report Page