Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanining 2-umumta'lim maktabida o‘tkazilgan 16- noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir haqida ma'lumot
Joriy yilning 17- noyabr kuni maktabimizda 16- noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan o‘zbek tili va qozoq tili kafedrasi hamkorlikda "Milliy udumlar" nomli tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M. J. Jumayeva, Cho‘lquvar MFY keksalar va nuroniylar ishlari bo‘yicha maslahatchi I. V. Rahmonov va boshqa jamoat vakillari so‘zga chiqib o‘zlarining fikr va samimiy tilaklarini bildirishdi.
Mustaqil o'lkamiz – O'zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari bo'lib, ular 16 ta turli konfessiyaga e'tiqod qilib kelmoqdalar. Bugungi kunda ular tinch-omon, ahil-inoq yashab kelmoqdalar. Islomda bag'rikenglik masalasi o'zining ilk davridayoq namoyon bo'ldi.
16-noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni YUNESKO tashkiloti dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni o'rnatish, millatlar va ellatlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshiririb, hozirda bag'rikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Ularning yorqin namunasi 1995-yil 16-noyabrda Parijda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida e'lon qilingan “Bag'rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”dir. Hozirda ushbu kun butun dunyoda “Xalqaro bag'rikenglik kuni” sifatida keng nishonlanadi.
Bugungi tadbir juda ajoyib chiqishlar, milliy qadriyat, udumlar aks etgan sahna ko‘rinishlariga boy bo‘ldi. Maktabdagi iste'dodli o‘quvchilar tomonidan tashkil etilgan tomoshalar namoyish etiljb,yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.Ayniqsa turli millat vakillarining chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir qatnashchilar va tomoshabinlar uchun esda qolarli bo‘ldi.
MMIBDO‘ G. Umidova