Buxoro viloyati Jondor tumani DSI boshlig‘i Azamat Niyozovning joriy yilning sentabr oyida tuman davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilgan faoliyatlari yuzasidan HISOBOTI

Buxoro viloyati Jondor tumani DSI boshlig‘i Azamat Niyozovning joriy yilning sentabr oyida tuman davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilgan faoliyatlari yuzasidan HISOBOTI

Jondor tuman hokimligi axborot xizmati

Hurmatli tadbirkorlar!

Xabaringiz bor, barcha joylarda bo‘lgani kabi tumanimizda ham davlat soliq xizmati organlari xodimlari “SOLIQCHI - KO‘MAKCHI” tamoyili asosida Siz ishbilarmonlarning yaqin ko‘makchisi va yordamchingiz bo‘lib xizmat qilmoqdalar.

Ta’kidlab o‘tish kerak, ana shu do‘stona say-harakatlarimiz va tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va tezkorlik bilan hal etish maqsadida 7 maxsus xodimdan iborat operatsion zal tashkil qilgan edik.

Bugungi kunda mazkur  xizmat ko`rsatish zalidagi darchalar orqali bir kunda kamida 25 dan ortiq tadbirkorlarning muammolari davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilmoqda.

“TADBIRKORLAR MARKAZI” orqali ishbilarmonlarimizni qiynayotgan masalalar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Joriy yilning sentabr  oyida ushbu markaz orqali tumanimizda  150 dan ortiq tadbirkorlarga bepul xizmat ko‘rsatildi.

Raqamlar bilan aytganda tumanda “SOLIQCHI - KO‘MAKCHI” tamoyili asosida amalga oshirilgan faoliyatimiz natijasida joriy yilning sentabr oyida:

·        Ko‘rilgan choralar natijasida faoliyat yuritmayotgan 2 ta korxona o‘z faoliyatini tikladi

·        130 ga yaqin norasmiy ish o‘rinlari legallashtirildi

·        78 ta holatda tadbirkorlik subyektlarining hisobotlaridagi xato va kamchiliklari soliq organlari bilan hamkorlikda tuzatildi

·        Jondor tumanida jami 724 ta "Onlayn" nazorat kassa mashinalaridan foydalanayotgan tadbirkorlar mavjud.Birgina sentabr oyining o‘zida ularning soni 6 taga ko`paydi.

·        Shu kungacha 435 ta shtrix kodlar va raqamli markirovka kodlarni to‘g‘ri o‘qishni ta'minlovchi maxsus qurilma-2D skaner o‘rnatildi,xususan sentabr oyida ularning soni 200 taga ko`paydi

 E’tiboringiz uchun rahmat!




Report Page