Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilovning bayram tabrigi

Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilovning bayram tabrigi


Assalomu alaykum, mehribon va jonkuyar hamshiralar! 

Sizlarni, avvalo, bugungi kasb bayramingiz — Xalqaro hamshiralar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. 

Bugun, Sizning sa’y-harakatingiz bilan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetayotgani, xalqimiz farovon, sog‘lom turmush tarzini boshdan kechirib, baxtli saodatli umrguzaronlik qilayotganini e’tirof etishdan baxtiyorman!

Bemorlarga o‘z ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi va yaqinlaridek munosabatda bo‘lib, ularni nafaqat dori-darmon, balki shirin so‘z, mehr-e’tibor bilan muolaja qilayotgan, xasta yuraklarga har dam parvona bo‘layotgan qo‘li yengil hamshiralarimizni hamisha ardoqlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

Kimningdir mehribon onasi, kimningdir qizi va aziz opa-singlisi bo‘lgan Siz, salomatlik posbonlarining fidoyi mehnatingizni cheksiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

Endi hamshira deganda, odamlar ko‘z oldida faqat bemorlarni parvarish qiladigan, ularning haroratini o‘lchaydigan tibbiyot xodimi emas, balki bilim va malakasi yuqori, shifokorlardan aslo qolishmaydigan mas’uliyatli mutaxassislar jonlanishi kerak. Bunga erishish sizlarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlaringiz, doimiy izlanish va intilishlaringizga bog‘liq. 

Aziz hamshiralar!

Mashaqqatli va sharafli kasbingiz bilan ko‘plab bemorlarning dardini yengil qilishda, ularni tushkunlikdan chiqishida, hayotga yana umid bilan boqishida qo‘shayotgan hissangiz beqiyos. Xalqimiz ko‘p hollarda Sizlarni oq xalatli farishtalar sifatida qabul qiladi. Bunday yuqori baho va e’tibor doimo hamrohingiz bo‘lsin!

 

Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov

Report Page