Buxoro tuman axborot kutubxona markazining “ Rabotqalmoq” MFY da joylashgan tarmog’ida “Mening mahallam” mavzusida rasm chizish tanlovi o’tkazildi.    

        Buxoro tuman axborot kutubxona markazining “ Rabotqalmoq” MFY da joylashgan tarmog’ida “Mening mahallam” mavzusida rasm chizish tanlovi o’tkazildi.    


Joriy yilning 10- may kuni Buxoro tuman axborot kutubxona markazining “Rabotqalmoq” MFY da joylashgan tarmog’ida faol, yosh kitobxonlar va mahalla yoshlari o’rtasida “Mening mahallam” mavzusida rasm chizish tanlovi o’tkazildi.    Tanlovda  “Rabotqalmoq” MFY yoshlar yetakchisi M. Muxammedov, tuman milliy gvardiya xodimi F. Ochilov, axborot kutubxona markazi yetakchi mutaxasisi Z. Egamberdiyeva, mahalla yoshlari va faol kitobxonlar ishtirok etdilar.

Tadbirni o’tkazishdan maqsad yoshlarning mahalla haqidagi tushunchasini kengaytirish, tug'ilib o'sgan mahallasini nomlanishini, nima uchun shunday nomlanishini, nima bilan bog'liqligi haqida ma’lumot berish. Bolalarni o'z mahallalariga mehr qo'yishga, u yerdagi mavjud an’analarga rioya qilishga va ularni hurmat qilishga  o'rgatishdan iborat.


Bolalar chizgan rasmlarini izohlab berdilar. Bizning mahallamiz juda chiroyli. Mahallamizdaga barcha insonlarning ko’ngli juda ochiq. Biz mahallamizni doim ozoda saqlaymiz. Hech qachon iflos qilmaymiz. Mahalla bolalari bilan ahil inoqmiz. Mahallamiz chiroyli bolishi uchun qolimizdan kelganini qilamiz. Mahallamizni ozoda tutamiz deya o’z fikrlarini bildirdilar.

Tadbir so’ngida eng chiroyli rasm chizgan o’quvchilarga va tadbirga ishtirok etganlarga diplom va  “ Kitobxon Millat” shiori  ostidagi “Mutolaa” – eng sara kitoblarning elektron, audio hamda video shaklidagi sifatli va tizimli platformasi! –ning fleyer shabloni taqdim etildi.



Buxoro tuman axborot kutubxona markazi.







Report Page