Buxoro shahridagi muzey, tarixiy obidalarga tashrif

Buxoro shahridagi muzey, tarixiy obidalarga tashrif

Filologiya fakulteti tyutorlari Nigora Safarova, Kamola Zulfiyeva

Ona zaminimizdagi noyob tarixiy me’moriy, madaniy-ma’rifiy qadamjolarga tashrif buyurish u yerdagi obida-yu, yodgorliklarning asl mohiyatini dildan his qilish chin ma’noda o‘zlikni anglashga imkon beradi. BuxDU Filologiya fakulteti tyutorlari N.L.Safarova, K.K.Zulfiyeva 6-6 uzb-21, 6-8 rus-19 guruh talabalari bilan birgalikda 2022-yilning 1-aprel kuni tarixiy obidalar bo’ylab ekskursiya uyushtirishdi.

Ekskursiyadan maqsad, yoshlarning tarixiy bilimlarini kengaytirish, Vatanga, betakror tabiat manzaralari, o’simlik va hayvonot dunyosiga mehr-muhabbat his-tuyg’ularini tarbiyalash, tarixiy, madaniy-ma’rifiy, tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, xalqimiz madaniyati, boy ilmiy meroslarini puxta o’rganishni davom ettirish.

Tarixiy obidalar bo’ylab ekskursiya davomida Labi-hovuz ansambli, ulug’vor Minorai Kalon etagida joylashgan Poi Kalon meʼmoriy ansambli (majmua ikki madrasa – Miri-Arab va Amir-Olimxon madrasalari, Kalon minorasi va shu nomdagi masjiddan iborat)da bo’lishdi.

Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko'zgusidir. Mustaqillikning birinchi kunidanoq mamlakatimizda azaliy va avvaliy milliy qadriyatlarimizga, qadimiy madaniy obidalarimizni ta’mirlashga, buyuk allomalarimizning nomlarini qayta tiklashgaa alohida e’tibor berila boshlandi. Ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan.

Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan.

O'tmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e'zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, xalqimizning buyuk o'tmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog'liqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo'lib, azaldan ularning qon-qoniga singib ketgan.

E’tirof etish lozimki, buyuk ajdodlarimiz yurtimiz tarixi, xalqimiz madaniyati, tabiatining naqadar go’zalligi, tabiiy boyliklari va boshqa ko’p sohalarda o’rganishga arziydigan ilmiy meroslar qoldirgan.

Filologiya fakulteti tyutorlari Nigora Safarova, Kamola Zulfiyeva

Report Page