Buxoro shahar 2-oilaviy poliklinikasida "Navro'z" bayrami o'tkazildi

Buxoro shahar 2-oilaviy poliklinikasida "Navro'z" bayrami o'tkazildi


Navro'z bayrami barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramidir.

Navro`z - bahor, yangi yil bayrami. “Navro`z" atamasi ikki fors so'zidan tashkil topgan bo'lib “nav" - yangi, “ro'z" - kun ya'ni, “yangi kun" degan ma'noni bildiradi.Oʻzbekistonda navroʻz 21-mart kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.Navroʻz — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun — Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi.

Bu yilgi bayram qo'shaloq Navro'z bayrami va muborak "Ro'zai ramazon" oyida to'g'ri kelmoqda. Shu munosabat bilan Buxoro shahar 2-oilaviy poliklinikasida ham Navro'z bayrami munosabati bilan 19- mart kuni iftor dasturxoni yoyildi.


Bayramda barcha xodimlar ishtirok etishdi.2-oilaviy poliklinika bosh vrachi so'zga chiqib muchal yoshidagi hodimlarni tabrikladilar. Kasaba uyushmasi tomonidan sovg'alar berildi.

Buhoro shahar 2-oilaviy poliklinikasi bosh vrach o'rinbosari. Umarova. M.U

Report Page