“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari S. To’xtayev, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi raisi o’rinbosari H. Beshimovlar boshchiligida tashki etilgan hisobot-saylov konferensiya ishida jamiyat tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan 47 nafar delegat ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi J. Ro’ziyevning 2020-yildan, 2025-yillarda uyushma tomonidan olib borilgan ishlar haqidagi hisoboti, shuningdek kasaba uyushmasi faoliyati yuzasidan taftish komissiyasining yakuniy xulosalari tinglandi hamda muhokama qilindi. Muhokamalardan so‘ng, delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga oid hisobot tasdiqlanib, uning faoliyatiga tegishli baho berildi.
Konferensiyaning ikkinchi qismida, vakolatlar muddatining o‘tishi munosabati bilan, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi va uning raisi, taftish komissiyasi tarkibi va uning raisi, shuningdek jamiyat boshlang'ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi konferensiyasiga delegatlar tanlash bo‘yicha saylov tadbirlari bo‘lib o‘tdi.