“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda Boshlang’ich kasaba uyushmasi aʼzolari ishtirokida mehnat jamoasining konferensiyasi tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda Boshlang’ich kasaba uyushmasi aʼzolari ishtirokida mehnat jamoasining konferensiyasi tashkil etildi.


Konferensiyada, jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi tahlil qilindi. Unda mehnat jamoasi manfaatlarini himoya qilish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoya kafolatlarini kuchaytirish va yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

 

Konferensiya davomida, jamiyat Boshlang’ich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi J.Ro’ziyevning 2025-yil davomida jamiyat rahbariyati bilan hamkorlikda jamoa shartnomasidagi belgilangan vazifalar ijrosi, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilgan tizimli ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalar yuzasidan aniq yoʻnalishlar belgilab olindi.

 

Yigʼilish davomida jamoa shartnomasining ijrosi konferentsiya ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb baholandi va ochiq muloqot, taklif va tashabbuslarga boy tarzda tashkil etilgan konfirensiyada ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.



Report Page