“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi elektr ta’minot korxonalarida ishchi xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish va korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik mavzusida seminarlar o’tkazilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ o’z faoliyatini yanada samarali va xavfsiz tashkil etish uchun elektr ta’minoti korxonalarida seminarlar tashkil qilinmoqda. Ushbu seminarlarning asosiy maqsadi ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va korrupsion holatlarining oldini olishdan iborat.
Seminarlarda, eng avvalo, korxona xodimlariga ish jarayonlarida xavfsizlik me’yorlari va qoidalariga rioya qilish zarurligi tushuntirildi. Shuningdek, kelib chiqishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarga yo’l qo’ymaslik, korrupsion holatlarining oldini olish, ichki nazorat tizimlarini kuchaytirish va xodimlar orasida intizom, adolat va mas’uliyatni oshirish masalalariga to’xtalib o’tildi.
Ta’kidlash joizki, seminarda xodimlarning ota onalari va oila a’zolarining taklif qilinganligi tadbirning natijadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, xodimlar ma’uliyatini yanada oshirish hamda keltirilgan fikr – mulohazalarni yanada jiddiy qabul qilishlariga yordam beradi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati