Buxoro davlat universitetida (kunduzgi ta'lim shaklida) talabalar o'rtasida o'tkazilgan "YIL TALABASI-2023" tanlovi yakunlandi

Buxoro davlat universitetida (kunduzgi ta'lim shaklida) talabalar o'rtasida o'tkazilgan "YIL TALABASI-2023" tanlovi yakunlandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018yil 17-sentabrdagi 736-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda vazirlikning  2023-yil 3-noyabrdagi 489-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining 2023-yil 11-noyabrdagi  615-U sonli buyrug‘i ishlab chiqildi.

        Unga ko‘ra, universitetda tahsil olayotgan talabalarning har tomonlama raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida „Yil talabasi-2023“ Respublika tanlovining universitet bosqichi yuqori saviyada va keng qamrovda о‘tkazildi. Barcha fakultetlardan eng sara ishlar tanlovda ishtirok etdi.

        Universitet bosqichida ishtirok etgan talabalarning hujjatlari “Yil talabasi-2023” Respublika tanlovi Nizomiga muvofiq Hakamlar hay’ati tomonidan shakllantirilgan baholash mezoni asosida quyidagi tarkibda о‘rinlar belgilandi:

1. “Yilning o‘z mutaxasisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Shokirova Gulhayo Bobir qizi – Filologiya fakulteti 6-2-uzb-20 guruhi talabasi

2-o‘rin: Yodgorova Billurabonu Shuxrat qizi - Xorijiy tillar fakulteti 11-1TNA-22 guruhi talabasi

3-o‘rin: Xayrullaev Sunnatillo Baxtiyorovich – Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-1Iqt-20 guruhi talabasi

2.“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Shukurov Bexruz  Shukrullo o‘g‘li –Tarix va yuridik fakulteti 5-3 MG‘H-20 guruhi talabasi

 2-o‘rin: Boboxo‘jayeva Laziza Axtamovna –Filologiya fakulteti 6-1 uzb-20 guruhi talabasi

 3-o‘rin: Bafoyev Bekzod Bo‘ron o‘g‘li - Tabiiy fanlar fakulteti 2-1Eko-20 guruhi talabasi

3.Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Askarova Gulchiroy Axror qizi– Tabiiy fanlar fakulteti 2-3kim -21 guruhi talabasi

2-o‘rin: Ismoilov Asror O‘tkirbek o‘g‘li–Agronomiya va biotexnologiya fakulteti 13-3 QXMS-21 guruhi talabasi

4. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin:  Murodov Mirziyod Dilshodjon o‘g‘li- Sport faoliyati va pedagogika fakulteti talabasi 7-2 SFV-22 guruh talabasi

2-o‘rin: Karimov Asadbek Azim o‘g‘li - Sport faoliyati va pedagogika fakulteti   7-2 SFK-21 guruhi talabasi

5. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Usmonov Dilshod Dilmurod o‘g‘li – San’atshunoslik fakulteti  12-1 AS(BK)-21 guruhi talabasi

 2-o‘rin: To‘yboyeva Nodirabegim Bekmurod qizi – San’atshunoslik fakulteti    12-1 BK-21 guruhi talabasi

6. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 

1-o‘rin:To‘xtayeva Dilnavoz Qahramon qizi – Filologiya fakulteti 6-1 Jur-22 guruhi talabasi

7.“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”(xotin-qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Atoyeva Vazira Alisherovna – Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-1 MX-21 guruhi talabasi

2-o‘rin: Nashvanova Marxabo  Axadovna – San’atshunoslik fakulteti 12-1 BK-21 guruhi talabasi

        Tanlov Nizomiga muvofiq mazkur nominatsiya bо‘yicha 1-, 2- va 3-о‘rinlarni egallagan g‘oliblar universitetning faxriy yorlig‘i hamda о‘rinlar ketma ketligida 1-о‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida, 2-о‘rin sohibi bazaviy miqdorining 6 barobari miqdorida va 3-о‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 







Report content on this page




Report Page