Buxoro davlat universiteti tashabbusi asosida Abdurauf Fitrat istirohat bog`ida "Milliy qadriyatlar sayli" o'tkazildi

Buxoro davlat universiteti tashabbusi asosida Abdurauf Fitrat istirohat bog`ida "Milliy qadriyatlar sayli" o'tkazildi


Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari bugungi davr yoshlari uchun o‘ziga xos hayot maktabiga aylangan.

Bugun Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tashabbusi bilan Buxoro shahridagi "Abdurauf Fitrat" istirohat bog‘ida fakultetlararo "Milliy qadriyatlar sayli" bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir dastlab davlat madhiyasi bilan boshlanib, Abdurauf Fitrat haykali atrofida davom etdi. Unda Filologiya fakultetining talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etilmoqda. Saylni Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov ochib berdilar. Undan so‘ng Filologiya fanlari doktori, professor Shoira Ahmedova va Buxoro viloyati adliya boshqarmasi xodimlari so‘zga chiqdilar.

Talabalar milliy an’ana, qadriyat, urf-odatlar, o‘zbek millatiga xos bo‘lgan kelin salom, bolani beshikka solish, xatna marosimi, milliy o‘yinlar, chillaki, kim oladi, milliy kurash, beshtosh, lapar singari qadriyat, urf-odatlar tarannum etildi. Undan tashqari aqlni charxlovchi shashka, shaxmat va zakovat intellektual o‘yinlari ham yoshlar e’tiboridan chetda qolmadi.  BuxDU jamoasi, rektor, fakultet dekanlari, professor o‘qituvchilar va talabalar Abdurauf Fitrat haykali poyiga gul qo‘ydilar. Talabalar milliy qadriyatlarimizni o‘rganib, his etganlari sari qalblari iftixor tuyg‘usi ila jo‘sh urdi. Bahoriy kayfiyat jam bo‘lgan qalbimizga qadriyatlarimizni aks ettiruvchi milliy atlas va adras liboslari yanada jo‘shqin tuyg‘u baxsh etdi. Festival yakunida zakovat o‘yini g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Buxoro davlat universiteti Matbuot xizmati

BuxDU Filologiya fakulteti 6-1AXJA-21 yo'nalishi talabalari Xurramova Gulro'y, Qurbonova Farangis.

Report Page