Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bellashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi NIZOM

Buxoro davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bellashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi NIZOM


I. Umumiy qoidalar

1.      Mazkur nizom Buxoro davlat universitetida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bellashuv (keyingi o‘rinlarda – Tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

                     

II.           Tanlovning maqsad va vazifalari:

2.      Tanlovning maqsadi:

–    Talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yo‘llarini topish. Korrupsiyaning turlari, kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari haqida ma’lumot berish, talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish.

3.      Vazifalari:

–    Talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha savodxonligini oshirish;

–    Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga hissa qo‘shish;

–    Jamoatchilik e’tiborini korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga qaratish, shuningdek, ushbu sohadagi davlat organlarining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish;

–    Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish jarayonlariga keng jamoatchilikni jalb qilish orqali samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash;

–    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro davlatlar tajribasini o‘rganish;

 

III.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

4. Tanlov (tashkilotchisi) BuxDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etadi. Tanlovda kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim talabalari ishtirok etishlari mumkin.

5. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish Tashkiliy ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi.

6. Har bir jamoada 6 tadan ishtirokchisi bo‘lishi  va  jamoa a’zolari bitta fakultitetdan bo‘lishi shart.

7.       “Antikorrupsiya bilimdoni” bellashuvi jamoalar sonini inobatga olgan holda

3 bosqichda o‘tkazish nazarda tutiladi (Agarda qatnashuvchi jamoalar soni 20 ta va undan kam bo‘lsa bellashuv 2 bosqichda o‘tkaziladi, 1-bosqichda yetarli ball to‘plagan jamoalar soni 8 nafardan oshmagan taqdirda 2-bosqich o‘tkazilmasdan qoldiriladi va jamoalar 3-bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi).

8.      Tanlov quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

1-bosqich (23-30 aprel)

       Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talaba-yoshlardan tuzilgan jamoalarni shakllantirish(ishtirokchilar arizalari qabul qilinadi). Ariza kelib tushgan jamolar sonidan kelib chiqqan holda, qur’a tashlash yo‘li orqali guruhlarga ajratish.

2-bosqich (saralash bosqichi – 7-may)

–    56 ball va undan yuqori ball to‘plagan jamoalar keyingi boshqichga yo‘l oladi;

–    1-5 savollar ochiq test shaklida bo‘lib, har bir savolga to‘g‘ri topilgan javob uchun 5 balldan maksimal 25 ball beriladi;

–    6-8 savollar yopiq test shaklida bo‘lib, har bir savolga to‘g‘ri topilgan javob uchun 10 balldan beriladi maksimal 30 ball beriladi;

–    9-savol korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dunyo reytingida yuqori o‘rinda turgan xorij davlatlari tajribasi bo‘yicha berilgan 10 ta savolga javob yoziladi, har bir to‘g‘ri yozilgan javob uchun 2 balldan maksimal 20 ball beriladi;

–    10-savol muammoli vaziyat korrupsion huquqbuzarlik sodir etilgan muammoli vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, qaysi atamaga mos kelishini aniqlash, holat yuzasidan mavjud e’tiborli jihatlarni ajratish va bunday holatlarni oldini olish uchun o‘z takliflarini asoslab yoziladi. Berilgan javoblar hakamlar hay’ati tomonidan maksimal 25 ball bilan baholanadi.

–    Berilgan savollarga javob yozish uchun jamoalarga “savollar varaqasi” tarqatiladi va javoblarni yozish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi, faqat 10-savolga yozilgan javobni izohlash uchun jamoalarga 3 daqiqadan vaqt beriladi.

3-bosqich (saralash bosqichi – 14-may)

–    Ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘RQ asosida bilet savollari tuziladi va jamoalarning har bir ishtirokchisi bilet tanlab oladi hamda ushbu biletdagi savolga javob beradilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 10 balldan beriladi va jamoalar ushbu shartda maksimal 60 ball to‘plashlari mumkin bo‘ladi.

–    3-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 6 ta jamoa hal qiluvchi

4-bosqich (yakuniy)ga yo‘l oladi.

4-bosqich (yakuniy bosqich – 21-may)

–    Tanlovning yakuniy bosqichi quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1-shart. Tanishtiruv sharti. Jamoa nomini tanlay olganligi, ijodiy tarzda o‘ziga xos sharxlay olishlari, korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantira olishi, korrupsiyaning salbiy jihatlarini ko‘rsata olishi, o‘ziga xos kreativ chiqishlari, saxnada o‘zini tutish madaniyati hisobga olinadi. Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi.

 2-shart. Savol-javob sharti. Ushbu shartda har bir jamoadan bittadan ishtirokchiga 10 ta korrupsion atamalar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, davlat hujjatlari, xorij tajribasida qo‘llanilgan chora-tadbirlarga oid savollar beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun ishtirokchi 1 ballga ega bo‘ladi. Ishtirokchilarga javoblarni yozish uchun 8 daqiqa vaqt beriladi.

 3-shart. Teatrlashtirilgan kompozitsiya - Sahna ko‘rinishi sharti. Sahnaviy chiqishlarning “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” mavzusiga mosligi, o‘tmish va zamonaviy muammolar nuqtayi nazaridan yondashilganligi, ijro davomida ishtirokchilarning sahna madaniyatiga rioya qilishlari – 3 ball; Ijodiy o‘ziga xosligi, g‘oyaning orginalligi, ishning sifati, tomoshabinda korrupsiyaga qarshi murosasiz kayfiyat uyg‘ota olishi – 7 ball ya’ni maksimal 10 ballik mezonda baholanadi. Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi.

 

IV. Baholash komissiyasi

9.    Tanlovda jamoalar universitet rektori tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Bellashuv natijalari hakamlar hay’ati bayonnomasi orqali tasdiqlanadi.

10.    Tashkiliy ishchi guruhga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

–    tanlovni sifatli savollar bilan ta’minlash;

–    savollarning maxfiyligini kafolatlash;

–    tanlovni Nizom talablariga asosan odilona baholash;

       11. Tanlovda jamoalaming ballari teng kelib qolgan taqdirda Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha shart yoki savol beriladi va g‘olib jamoa aniqlanadi.

 

V. Bellashuv g‘oliblarini taqdirlash:

12. Tanlovning g‘olib 1-, 2-, 3-o‘rin jamoalari ta’lim muassasasi tomonidan oliy ta’lim muassasasining talabalarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan quyidagi tartibda:

1-o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari;

2-o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari;

3-o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida pul mukofoti diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.

 

VI. Yakuniy qoidalar

     13. Tanlov natijalari ijtimoiy tarmoqlarda va rasmiy veb-saytlarda e’lon qilib boriladi.

     14. Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan o‘rin yuzasidan izoh berilmaydi. Qabul qilingan qarori muhokama etishga yo‘l qo‘yilmaydi.




Report Page