Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Qozon federal universitetida

Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Qozon federal universitetida

Xolov Yo.DNovember 15, 2022


Buxoro davlat universitetdan 20 nafar professor-o‘qituvchilar Qozon federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya instituti, Matematika va mexanika, Kimyo hamda Ekologiya va tabiatdan foydalanish institutlari kabi yetakchi muassasalarida malaka oshirish va stajirovka muddatlarini o‘tash uchun yetib borishdi.

Malaka oshirish va stajirovkaning birinchi kunida bir guruh professor-o‘qituvchilar Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya institutida malaka oshirishni boshlagan bo'lsalar, 5 nafar professor-o‘qituvchi Matematika va mexanika, Kimyo hamda Ekologiya va tabiatdan foydalanish institutlarida stajirovka muddatlarini o‘tkazish masalalarida qator uchrashuvlar o'tkazdilar.

Ekologiya va tabiatdan foydalanish instituti direktori prof. S. Yu. Selivanovskaya bilan uchrashuv

Ekologiya va tabiatdan foydalanish instituti rahbaryati bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda stajirovka muddatlari va maqsadi haqida fikrlar bildirildi. Shu bilan bilan qatorda A. M. Butlerov nomidagi Kimyo instituti direktori prof. M.A. Ziganshin bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda stajirovka institutda mavjud laboratoriyalar va kafedralar bazasida stajirovkani mazmunli tashkil etish bo'yicha kelishib olindi

A. M. Butlerov nomidagi Kimyo instituti professori G.K.Budnikov

Buxoro davlat universitetida ushbu o'quv yilida yangi ochilgan 60710100-Kimyoviy texnologiya va 6072090- Neft - gaz kimyo sanoati texnologisi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun hamkolikda o'quv-adabiyotlar yaratish borasida kelishib olindi.





Report Page