Buxoro davlat universiteti huzurudagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazi hamda Qirg`iziston Respublikasi Taʼlim va Fan vazirligi huzuridagi Pedagog xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika insti…

Buxoro davlat universiteti huzurudagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazi hamda Qirg`iziston Respublikasi Taʼlim va Fan vazirligi huzuridagi Pedagog xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika insti…


Ilk marotaba 2024-yil 22-may kuni Buxoro davlat universiteti huzurudagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazi hamda Qirg`iziston Respublikasi Taʼlim va Fan vazirligi huzuridagi Pedagog xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika instituti direktori Toktomametov Almazbek Datkabekovich bilan birgalikda hamkorlik memorandumi imzolandi.

Qirg`iziston Respublikasi Taʼlim va Fan vazirligi huzuridagi Pedagog xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika instituti direktor o‘rinbosari Jo‘shboyev Nurbek Qo‘chqorovich, bo‘lim mudiri Usupova Mirzagul Kadiyevna, katta o‘qituvchilari Ibraimova Raxat Umetbekovna Azimova Matlyuba Latypovna o`zlarining institutlari haqida yaqindan tanishtirib, Buxoro davlat universiteti huzurudagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazga tashriflaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Qo`shma hamkorlik memorandumi orqali quyidagilar kelishib olindi:

1.Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish:

•      Oʼqituvchilar va taʼlim muassasalari xodimlari uchun turli kurslar tashkil etish.

•      Yangi pedagogik texnologiyalar va metodikalarni oʼrgatish.

2. Ilmiy-tadqiqot faoliyat nuqtai nazaridan:

•      Pedagogika va taʼlim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish.

•      Pedagogik metodikalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish dasturlari bilan o`rtoqlashish.

3. Taʼlim resurslari va materiallarini tayyorlash:

•      Pedagogik adabiyotlar, oʼquv qoʼllanmalari va metodik tavsiyalar tayyorlash va o`zaro resurslar alamashinuvini tashkil yetish.

•      Elektron taʼlim resurslari va platformalarini rivojlantirish va onlayn platformali qo`shma dars jarayonlarini tashkil yetish.

4. Xalqaro hamkorlik:

•      Xorijiy taʼlim muassasalari va tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida tashkil yetiladigan treninglar va dars mashg`ulotlari bilan o`rtoqlashish hamda kadrlarni jalb qilish.

•      Pedagogik tajriba va innovatsiyalarni oʼrganish va joriy etish.

5. Malaka oshirish dasturlari:

·     Pedagogik xodimlar uchun maxsus malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

·     Hamkorlik asosida qo`shma malaka oshirish dasturlasrini ishlab chiqish

Ikki tomonlama hamkorlik taʼlim sifatini oshirishga, oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirishga va pedagogik sohada ilgʼor tajribalarni ommalashtirishga katta hissa qoʼshadi.


Report Page