Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2021 yil 24 fevral kuni 5 tashabbus doirasida TTJda “Kafedralar kuni ” o’tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2021 yil 24 fevral kuni 5 tashabbus doirasida TTJda “Kafedralar kuni ” o’tkazildi.


Pedagogika fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari va TTJda yashaydigan 1-3 kurs talabalar bilan birgalikda 2021 yil 24 fevral kuni 5 tashabbus doirasida “Kafedralar kuni” tadbirlari o’tkazildi. Tadbirni “Yoshlarni badiiy san’atga bo’lgan qiziqishlarini oshirish” mavzusida “Texnologik ta’lim” kafedra o’qituvchisi, O’zbekiston Badiiy Akademiya a’zosi M.Magdiyeva tomonidan yaratilgan kashtachilik ko’rgazmasining namoyishi bilan boshlandi, shuningdek O`zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zolari, Buxoroning rangtasvir ustalari M.Abdullayev va Z. Saidjanov, san’atshunos M.Mavlonovalar o’zlarining tasviriy sa’nat asarlari bilan qatnashdilar. Rassomlar bilan bo’lgan qizg’in suhbatdan ulkan ma’naviy-ma’rifiy ozuqa, ruhiy ko’tarinki kayfiyat olishdi.

      Shuningdek, O’zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80- yilligiga bag’ishlangan tadbiri davom ettirildi. Bunda 1-3 kurs talabalari A.Oripovning hayoti va ijodi, “O’zbekiston”, “Bahor”, “Munojotni tinglab” kabi she’riy asarlardan parchalar aytildi.

      5- tashabbus doirasida TTJda tashkil qilingan “Chevar qizlar” to’garagida talaba-qizlarni “Milliy ko’ylakni bichish va tikish” mavzusini yanada chuqur ma’lumotga va malaka ega bo’lish maqsadida kafedra o’qituvchilari M.Mirjanova va D.Sayfullayevalar mashg’ulotlar o’tkazdilar.  


BuxDU Matbuot xizmati

Report Page