Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi katta o’qituvchisi Narzullayeva Gulchehra Salimovna Xitoyda tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etdi.

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi katta o’qituvchisi Narzullayeva Gulchehra Salimovna
2024-yil iyul oyida Xitoyning Pekin, Qufu, Jinan va Qindao shaharlarida ikki haftalik tashkil etilgan “Advanced Seminar on Silk Road Culture and Tourism Development. Seminar on Enhancing Capabilities of Culture and Tourism Research in Central Asian Countries” nomli ilmiy seminarda ishtirok etdi.
2024-yil iyul oyi davomida professor, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti yordamchisi, Ipak yo’li xalqaro turizm va madaniy meros universitetining vitse-prezidenti Zou Tongqian taklifiga binoan Xitoyning Pekin, Qufu, Jinan va Qindao shaharlarida ikki haftalik tashkil etilgan “Advanced Seminar on Silk Road Culture and Tourism Development. Seminar on Enhancing Capabilities of Culture and Tourism Research in Central Asian Countries” nomli ilmiy seminarda ishtirok etildi.
Ilmiy seminar davomida 4-8-iyul kunlari Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetida nazariy mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda universitetning Madaniyat va turizm akademiyasi faoliyati bilan tanishildi.
Akademiyada Xitoy turizmi bilan bog‘liq statistikalarini aniq vaqt rejimida ko‘rsatuvchi “Smart Tourism Data System” laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi.
“Smart Tourism Data System” laboratoriyasida bir nechta internet platformalar (www.citgroup.cn, www.cubigdata.cn, www.haimanyun.com) orqali obyektlarga va hududlarga tashrif buyurgan sayyohlar soni, ular tomonidan sarflanayotgan xarajatlar, transport turlaridan foydalanish imkoniyatlari, sayyohlarning e’tiroz va murojaatlari hamda boshqa turizmga oid statistik ma’lumotlar tahlillari, ularning o‘zgarish tendensiyalari tahlil qilib boriladi.
Platformalar turli tarmoqlar va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinganligi sababli sayyohlarning mamlakat ichidagi barcha harakat va xarajat monitoringi to‘g‘risida hamda ko‘rsatilgan xizmatlardan qoniqish darajalari to‘g‘risida ham ma’lumotlar olish imkoniyatini bermoqda.
Shuningdek, Xitoydagi aksariyat turizm obyektlariga kirish qismida identifikatsiya qilishga mo‘ljallangan (chegara postlaridagi kabi) turniketlar o‘rnatilgan. Bu esa ushbu turdagi obyektlarga tashrif buyuruvchilarning demografik ma’lumotlarini aniq vaqt rejimida olish imkoniyatini yaratgan.
Akademiya tomonidan Xitoyning madaniyat va turizm vazirligiga o‘tkazilgan tahlillar asosida turizmni rivojlantirishga oid takliflar kiritib boriladi.
9-11-iyul kunlari Qufu shahrida bo‘lib o‘tgan “X – Nishan jahon sivilizatsiyalari xalqaro forumi”da ishtirok etildi. Forum doirasida Xitoy faylasufi Konfutsiy ta’limoti, u yashagan davr tarixi va madaniyati bilan tanishildi.
12-13-iyul kunlari Jinan shahrida bo‘lib o‘tgan “Global yoshlar Konferensiyasi va AQSh va Xitoy yoshlar lageri” tadbirida ishtirok etildi.
13-14-iyul kunlari Qindao shahridagi Qindao universiteti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi hamda universitetda tashkil etilgan laboratoriyalar faoliyati bilan tanishildi.
15-iyul kuni Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetida Madaniy seminarning yopilish marosimi va seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirish tadbiri tashkil etildi.
Yuqoridagi hududlarda tashkil etilgan ilmiy, madaniy seminarlar davomida ko‘plab tarix va madaniyatga oid muzeylarga tashriflar amalga oshirildi.
Tashriflar davomida muzeylardagi eksponatlarning aksariyat qismi sayyohlarga tushunarli bo‘lishi uchun restavratsiya qilingan (to‘liq qadimiy ko‘rinishi tiklangan) holatda joylashtirilgan, devorlar va maxsus ekranlarda turli davrlar tarixini aks ettiruvchi video simulyatsiyalar o‘rnatilgan. Tarixni yoritishda raqamli texnologiyalardan yuqori darajada foydalanilmoqda.
Beijing International Studies University haqida qisqacha ma’lumot

Beijing International Studies University
“Beijing International Studies University” (Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti) (BISU) Xitoyning tillar, xalqaro tadqiqotlar va tegishli fanlarga ixtisoslashgan nufuzli universitetidir. 1964-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u o‘shandan beri chet tillari, xalqaro aloqalar va madaniyatshunoslik kabi sohalarda ta’lim va tadqiqot olib boradigan asosiy muassasaga aylandi. BISU koʻp tilli taʼlim va madaniyatlararo muloqotga urgʻu berib, bakalavriatdan doktorlik darajasigacha boʻlgan dasturlarni taklif etishi bilan mashhur. U o‘z talabalari orasida global istiqbollarni rivojlantirishda va Xitoyning dunyo bilan aloqalariga hissa qo’‘shishda muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda ushbu universitet “QS Ranging” nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasida nufuzli 500 talik universitetlar ro‘yxatidan joy olgan.
Universitet quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o’qitadi:
1. Tillar va tilshunoslik
2. Xalqaro tadqiqotlar
3. Madaniyatshunoslik
4. Mintaqaviy tadqiqotlar
5. Tadqiqot va innovatsiyalar
6. Iqtisodiyot yo‘nalishlari











Konfutsiy hayoti sahnalashtirilgan spektakl



Shandong University of art and design




“Smart Tourism Data System” laboratoriyasi

O‘zbekiston Respublikasi Xitoydagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan suhbatdan fotolavha


Global yoshlar konferensiyasidan fotolavha
Universitet birinchi marta 1985-yilda tashkil etilgan. 1993 yilda sobiq Sindao universiteti, Sindao tibbiyot kolleji, Shandong to'qimachilik muhandislik kolleji va Qindao Oddiy kolleji yangi Qindao universitetini tashkil qilish uchun birlashdi. Hozirgi vaqtda QDU Shandong viloyatidagi eng yaxshi keng qamrovli universitetlardan biri bo'lib, milliy “A'lo muhandis ta'lim va tayyorlash dasturi” a'zosi sifatida tan olingan.