Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi 100 yoshda

Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi 100 yoshda

Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi

“Buxoroda bir muzaxona (muzey) ochilishini ko‘rmak, ilk buyuk tilaklarimizdan biridur. Bu kun shu muqaddas tilagimizning vujudga chiqishini ko‘rib juda xursand bo‘ldik”.

Aynan xuddi shu so‘zlarni 1922 yil 8 noyabrda Buxoro Respublikasi hukumatining sobiq binosida Maorif nozirligining mutasaddi rahbarlari, Rossiyaning Buxoro Respublikasidagi vakolatxonasi boshlig‘i Sokolov hamda xalq vakillari ishtirokida Buxoro muzeyining rasmiy ochilish marosimida o‘sha paytdagi Nozirlar Sho‘rosi raisi Ato Xo‘ja aytgan edi. Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi bir asr davomida xalqimiz hamda yurtimizga tashrif buyurib kelayotgan mehmonlar uchun vatanimiz tarixini o‘zida aks ettirayotgan madaniyat o‘chog‘i sifatida tanilgan.

Ushbu sana munosabati bilan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi tarkibiga kiruvchi barcha muzey–filiallari, shuningdek, Ark qo'rg'onida bayram tadbirlari ko'tarinki tarzda nishonlanmoqda. Shu bilan birga bugun Buxoro davlat universitetida muzey tashkil topganligining 100 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Ark, Sitorai Moxi-Xossa, Bahouddin Naqshband majmualari, Ko‘kaldosh, Abdulazizxon, Ulug‘bek madrasalari, Chashmai Ayub maqbarasi, Kulita karvon saroyi, A.To‘qay ko‘chasi 70-uyda joylashgan qadimiy hovli joy kabi madaniy meros obyektlarida Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining muzey–filiallari o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Hurmatli muzeyning fidoiy xodimlari, ushbu soha faxriylari barchangizga muzey tashkil topganligining 100 yilligi muborak bo‘lsin!!!



Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi

Report Page