Buxoro Turizm va Madaniy meros texnikumi bilan hamkorlik

Buxoro Turizm va Madaniy meros texnikumi bilan hamkorlik

Sitora Kadirovna

Buxoro Turizm va Madaniy meros texnikumida 2021-yil 22-dekabr kuni Turizm 4-20 guruhining o‘quvchilari ishtirokida "Turistlarga xizmat ko'rsatishning logistika tizimlarini loyihalash va tashkil etish" fanidan "Transport va axborot logistikasi" mavzusi bo‘yicha Rustamov R.B. rahbarligida mahorat darsi o‘tkazildi. Darsda BuxDU "Servis sohasi iqtisodiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi Navro'zzoda.L.B. hamda "Turizm va mehmonxona xo'jaligini tashkil etish" kafedrasi katta o'qituvchisi Ergasheva A.F. ishtirok etib, mavzu bo‘yicha tegishli ma‘lumotlarni: transport logistikasi va tushunchasi, vazifalari, logistikada axborot tizimlari, logistika tizimining marketing bilan bog'liqligi haqida ma'lumot berdilar. Dars qizg‘in, mazmunli va mulohazalarga boy tarzda o‘tkazildi.

Iqtisodiyot va turizm fakulteti matbuot xizmati

Report Page