Buxoro Davlat Universiteti Tabiiy yo’nalishlarda chet tili kafedrasi o’qituvchilari “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati o’tkazdi.

Buxoro Davlat Universiteti Tabiiy yo’nalishlarda chet tili kafedrasi o’qituvchilari “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati o’tkazdi.

BuxDU Axborot xizmati

Buxoro Davlat Universiteti Tabiiy yo’nalishlarda chet tili kafedrasi katta o’qituvchilari D.Sh Sharipova va Abulova Z.A lar Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va ekologiya ta’lim yo’nalishi talabalari bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida Tabiiy fanlar fakultetida davra suhbati o’tkazdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Sogʻlom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu koʻchaga kirib qolsa, oʻzining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat oʻziga, balki yaqinlariga ham toʻxtovsiz azob beradi.


Report Page