#Buxoro Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti talabalari o'rtasida mini fudbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

#Buxoro Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti talabalari o'rtasida mini fudbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Xumora Zavqiyevna

Buxoro Davlat Universiteti Pedagogika fakultetining yoshlar ittifoqi Kengashining fakultet yetakchisi Tohirova Xumora tomonindan fakultet talaba yoshlari o'rtasida sportning fudbol turi bo'yicha musobaqa tashkillashtirildi. Musobaqani Buxoro Davlat Universiteti yoshlar ittifoqi Kengashining yetakchisi Feruz Karimov Rahimovich ochib berdilar. Musobaqada fakultetning 3 yo'nalishi vakillari juda faol ishtirok etishdi. Musobaqa juda qizg'in va bahsli bo'lib o'tdi. Finalda psixologlar va pedagoglar bellashib, g'oliblikni psixologlar jamoasi egalladi va universitet fakultetlar aro bo'lib o'tadigan musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. G'olib va sovrindorlar tantanali ravishda universitet ma'muryati tomonidan munosib taqdirlandi. Fakultetning ko'chma kubogini Pedagogika fakulteti dekani Erkin Muxtorov Mustafoyevich shaxsan o'zlari jamoa sardoriga lutfan topshirdilar.

Pedagogika fakulteti matbuot xizmati:

@Pedagogika_buxdu

@BDU_yoshlar_ittifoqi

@buxdu_uz

Report Page