BuxDU va Buxoro Soliq texnikumi hamkorligida ma’naviyat soati tashkil etildi

BuxDU va Buxoro Soliq texnikumi hamkorligida ma’naviyat soati tashkil etildi


Buxoro soliq texnikumida “O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro tashkilotlardagi o’rni va roli” mavzusida BuxDU, Tarix va madaniy meros fakulteti “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti Turdiyev Bexruz va kafedra katta o’qituvchisi Shirinov Anvarlar bilan hamkorlikda ma’naviyat soati tashkil etildi.

Mazkur tadbirni kafedra dotsenti Turdiyev Bexruz ochib berib, “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022−2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 7-ustuvor yo’nalishi mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishni ko’zlaganligi bilan boshlab berdi.

O’zbekiston Respublikasi o’z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o’zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib borayotganligi, mamlakatimiz tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o’rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surishdan iborat ekanligi haqida ma’lumot berdi. 


Shundan so’ng, kafedra katta o’qituvchisi Shirinov Anvar so’zga chiqib, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar o’rnatganligi, poytaxtimizda 44 ta chet el elchixonalari, 1 ta bosh konsullik, 8 ta faxriy konsullar, 17 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 13 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko’rsatayotganligini ta’kidlab o’tdi.

 

Tadbir yakunida Buxoro soliq texnikumi jamoasi BuxDU, Tarix va madaniy meros fakulteti “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti Turdiyev Bexruz va kafedra katta o’qituvchisi Shirinov Anvarga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 




Report Page