BuxDU rektori G‘ijduvon tumani Soktare MFYda joylashgan BuxDU o'quv binosida sayyor qabul o'tkazdi

BuxDU rektori G‘ijduvon tumani Soktare MFYda joylashgan BuxDU o'quv binosida sayyor qabul o'tkazdi


Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash ularni bartaraf etish yuzasidan joriy yilning 18-may kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Soktare MFYda joylashgan BuxDU o'quv binosida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidovning sayyor qabuli tashkil etildi.

Sayyor qabul jarayonida sirtqi ta’lim shakli talabalari bilan birgalikda Soktare MFYdagi nuroniylari ham ishtirok etishdi.

Tashrifdan asosiy maqsad mavjud muammolarga yechim topish, G‘ijduvon tumanidagi Eshon ko‘prikdan Soktare MFYda joylashgan BuxDU o'quv binosiga olib boruvchi yo‘l qatnov qismini ta’mirlash masalasi, S.Ayniy uy muzeyi holatini yanada yaxshilash, hudud atrofini obodonlashtirish ekanligi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng sirtqi ta’lim shakli talabalari hamda Soktare MFYdagi nuroniylari tomonidan berilgan taklif va muammolar tinglandi.

          Mahalla nuroniysi nafaqadagi o‘qituvchi A. Hasanov – G‘ijduvonda universitet qoshidagi Akademik litseyini tashkil etish taklifini bildirib o‘tdi.

          Nuroniylar masalalari bo‘yicha Soktare MFY rais maslahatchisi N.Fozilov – S.Ayniy muzeyi ahvolini yaxshilash maqsadida dasturga kiritish choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy yordam berish yuzasidan murojaat qildi.

          Turizm va mehmonxona ta’lim yo‘nalishi 9-1TURS-21 guruh talabasi – o‘quv xonalarni zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlab berilishini so‘radi.

          9-2BIOS-21 guruhning Marjona ismli talabasi – ijarada turishini, bu yerda ijara to‘lovi qimmatlik qilayotgani shu sababli talabalar yotoqxonasini qurib berilishi masalasini hal etishni so‘radi.

          Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-kurs sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabasi Nurmuhammad – 2023-2024-o‘quv yili 5-semestrda kasalligi tufayli dars qoldirgani, fanlardan qizil toifaga tushganligi, dekanatga tibbiy ma’lumotnomani taqdim etganligi, lekin taqdim etilgan ma’lumotnoma dekanat tomonidan Hemis tizimiga kiritilmaganligi sababli hali ham fanlardan qizil toifada ekanligi, ushbu muammoni hal etib berilishi yuzasidan murojaat qildi.

          9-2BIOS-21 guruh talabasi Ismatova Marjona tomonidan Soktare MFYda joylashgan BuxDU o'quv binosidagi laboratoriya jixozlari ma’nan eskirganligi, laboratoriya xonasidagi asbob-uskunalarni yangilab berilishini so‘rab murojaat qildi.

9-2BIOS-21 guruh talabasi Ibragimov Asilbek biologiya bo‘yicha adabiyotlar yetishmayotgani, mavjud kutubxona fondiga biologiya yo‘nalishlariga oid  adabiyotlarni xarid qilib berishlarini so‘radi.

Sayyor qabul yakunida sirtqi ta’lim shakli talabalari va mahalla nuroniylari tomonidan berilgan takliflar o‘rinli ekanligi, ularni amalga oshirish uchun tegishli mas’ullarga topshiriq berilishi aytib o‘tildi. Shu bilan birga talabalar tomonidan aytilgan muammolari ham o‘rganib chiqilib, bartaraf etish choralari ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi.

Rektor ijro apparati Murojaatlar sektori bosh mutaxassisi J.S.Batirov

BuxDU Matbuot kotibi Otabek Jalolov

Report Page