BuxDU da ZAKOVAT INTELLEKTUAL OʻYINLARI. 1-tur, 3- oʻyin! ⚡
Нилюфар ФарходоваBuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan navbatdagi qizgʻin bahslarga boy Zakovat intellektual oʻyinlariga #START berildi!
Bugungi oʻtkazilgan oʻyin ishtirokchilarni yanada ruhlantirdi!
Qiziqarli savollar, kutilmagan voqealar, bir-biridan bilimdon, ahil jamoalar!
Eng quvonarlisi jamoalar juda faol! Har bir jamoa oʻyinga puxta tayyorgarlik koʻrgan.
Oʻyin soʻngida yutuq va kamchiliklar aytib oʻtildi. Savollar saviyasi muhokama qilindi.
Motivatsion ruhda tashkil etilgan oʻyin barcha-barchaga pozitiv kayfiyat bagʻishlash bilan bir qatorda, ilm-u ma'rifat ulashishga ham xizmat qildi.
Mana shunday ajoyib oʻyinlarni tashkillashtirishda bosh boʻlganliklari uchun BuxDU yoshlar ittifoqi yetakchisi Karimov Feruz Raimovichga minnatdorchilik bildiramiz!
BuxDU yoshlar ittifoqi matbuot xizmati: @BDU_yoshlar_ittifoqi |📲Rasmiy kanali