BuxDU Tarix va madaniy meros fakulteti talabalari va oʻqituvchilari tomonidan BuxDU ARMda "Kitobxonlik komillik kaliti" mavzusida tadbir oʻtkazildi.

BuxDU Tarix va madaniy meros fakulteti talabalari va oʻqituvchilari tomonidan BuxDU ARMda "Kitobxonlik komillik kaliti" mavzusida tadbir oʻtkazildi.


Bugun 17- dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti "Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi" kafedrasi katta oʻqituvchisi Joʻrayeva N.O va dotsent Sayfullaeva D.Q hamda Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi 4-bosqich talabalari bilan "Kitobxonlik komillik kaliti" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Qatnashuvchilar: ARM direktori Salixova H.L va xodimlari Teshaboyeva M, Razzoqova Z hamda BuxDU Tarix va madaniy meros fakulteti Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi katta oʻqituvchisi Joʻrayeva N.O, va dotsent Sayfullaeva D.Q va shu yoʻnalish 4-bosqich talabalari.

Tadbir Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish boʻlimi boshligʻi Teshaboyeva M tomonidan ochib berilib, kutubxona fondi bilan talabalarni tanishtirib oʻtdilar.

Suratda Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish boʻlimi boshligʻi Teshaboyeva M tomonidan kitoblar tushuntirilyapti.

Tadbirda talabalar oʻzilarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, oʻz qiziqishlari boʻyicha kutubxona direktori bilan savol-javob qilishdi.

Talabalar savol-javobda jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishib, turli xil adabiyotga nisbatan qiziqishlari bilan oʻz fikr mulohazalarini aytib oʻtdilar.

Suratda Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi katta oʻqituvchisi Joʻrayeva N.O va dotsent Sayfullaeva D.Q hamda BuxDU ARM direktori Salixova H.L talabalar bilan munozara qilishyapti.


Sana: 17/12/2021 yil

BuxDU Tarix va madaniy meros fakulteti Matbuot xizmati.






Report Page