BuxDU Tarix va Madaniy meros fakulteti Ijtimoiy ish ta'lim yo`nalishi 5-1IJI-21 va 5-2IJI-21 guruh talabalari bilan "Bola huquqlarini himoya qilish bo`yicha davlat siyosati" mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi

BuxDU Tarix va Madaniy meros fakulteti Ijtimoiy ish ta'lim yo`nalishi 5-1IJI-21 va 5-2IJI-21 guruh talabalari bilan "Bola huquqlarini himoya qilish bo`yicha davlat siyosati" mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi


Ochiq dars Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasi oʻqituvchisi A.A.Gulova tomonidan ochib berilib, mavzu bo`yicha talabalar uchun qiziqarli boʻlgan maʼlumotlar berildi.

Maʼruza davomida Inson huquqlari bo`yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo`llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinayotgani, bugungi kunda O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda oʻz aksini topayotgani aytildi. Va bu borada Prezidentimizning BMTning 46-sessiyasida soʻzlagan nutqlari talabalarga qoʻyib berildi.

Dars davomida turli xil interfaol metodlardan unumli foydalanilib, talabalar faolligi ta`minlandi. Shuningdek, mavzuga oid videorolik va slaydlar darsning yanada qiziqarli va mazmunli bo`lishida muhim ahamiyat kasb etdi.



BuxDU, Tarix va Madaniy meros fakulteti Matbuot xizmati








Report Page