BuxDU Pedagogika fakulteti jamoasi “Muruvvat” uyiga tashrif buyurishdi

BuxDU Pedagogika fakulteti jamoasi “Muruvvat” uyiga tashrif buyurishdi


Mehr-muruvvat, saxovat, bag‘rikenglik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Mehr-oqibat, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida Pedagogika fakulteti professor o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan “Yaxshilik sari bir qadam” shiori ostida Buxoro “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida “Mehr-muruvvat - inson ziynati" mavzusida tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda Pedagogika fakultetining “Yoshlik” teatr jamoasi tomonidan spektakl namoyishi  hamda "Oskar" jamoasining qiziqarli chiqishlari yig‘ilganlarga bir olam quvonch baxsh etdi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan esa  ayollarga badiiy kitoblar  hamda kundalik foydalanish uchun gigiyena vositalari  taqdim etildi.

        Tadbir yakunida Muruvvat uyi direktori B.Teshayev  mehr-oqibat rishtalarining mustahkamlanishiga,  o‘zaro hurmat va totuvlikning ortishiga o‘z hissasini qo‘shgan Buxoro davlat universitetining rahbariyatiga  o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Report Page