BUXDU PARTYNING 4-SONIDA NIMALAR KUTILGAN EDI?

BUXDU PARTYNING 4-SONIDA NIMALAR KUTILGAN EDI?

Bafoyev Bekzod

Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil qilingan BuxDU PARTY: 5 TASHABBUS KECHASIning 17-noyabr - "Xalqaro Talabalar kuni"ga bag'ishlangan navbatdagi dasturi o'z atrofiga ko'plab talaba-yoshlarni birlashtira oldi.

Ushbu sonda nafaqat San'atshunoslik fakulteti talabalari, balki universitetning Pedagogika fakulteti “OSKAR” QVZ jamoasi ham faollikni qo'ldan boy bermay ishtirok etib kelishmoqda. Ularning chiqishlarida yoshlarning manaviyatini yuksaltirish, talabalar ongida manaviyat tushunchasini chuqur singdirish kabi maqsad ko'zlangan.

Shu maqsadni ular turli sahna ko'rinishlar, qiziqarli hazillar, hayotiy voqealarni ko'rsatish orqali o'z tengdoshlariga yetkazishmoqda.

O’tkazilgan turli xil ko’ngilochar o’yinlar yoshlarga o’ziga xos xursandchilik tuhfa etdi.

Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu bois, prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

BuxDU yoshlar ittifoqi tashabbusidagi mazkur 5 tashabbus targ'ibotiga qaratilgan loyihadan ham aynan shu maqsad ko'zlangan.

Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga ma'naviy ozuqa ulashish, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish maqsadida o'tkazilayotgan mazkur loyihaning navbatdagi 4-soni ham yoshlar uchun samarali bo'ldi, desak adashmagan bo'lamiz!




🔸BuxDU yoshlar Ittifoqi matbuot xizmati






Report Page