“Buvim o‘qib bergan kitoblar”
JIZZAX_AKMJoriy yilning 3-iyul kuni Sharof Rahidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida Jizzax viloyat xotin-qizlar boshqarmasi, Jizzax shahar “Buvijonlar maktabi”, Jizzax shahar “Oqila ayollar harakati” a’zolari ishtirokida “Buvim o‘qib bergan kitoblar” nomli davra suhbati tashkil etildi.Ushbu davra suhbatida kutubxona mutaxassisi S.Erbutayeva “Jadid” gazetasidagi I.G’ofurovning “Toza ma’rifat suvi” nomli maqolasi haqida ma’lumot berib o’tdi.Shundan so’ng “Olmazor”,”Yoshlik” MFY da yashovchi buvijonlar maktabi a’zolari N.Hamidova hamda S.Yunusovalar o’z oilasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun olib borayotgan ishlari hamda o’z nevaralari bilan birgalikda yasagan buyumlarini ishtirokchilarga ko’rsatib,yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun olib borayotgan ishlari haqida gapirib o’tishdi. Shu bilan birga tadbirda eng yosh ishtirokchilar buvijonlari bilan birga sevib o’qigan kitoblari haqida maroq bilan hikoya qilib berishdi.Davra suhbati yakunida tadbir ishtirokchilari kutubxona tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.