Button elementi

Button elementi

Sobirjonov O'tkirbek @CSharp_N1

Har qanday dasturni Button elementisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Buttonlar dasturda asosiy vazifani bajaradi. Bu darsda esa siz bilan aynan button lar, ya’ni tugmachalar bilan ishlashni o’rganamiz.

WPF da Button larni ishlatish, dizayn berish, juda ham oson. Siz tushuncha hosil qilishingiz uchun oddiy misoldan boshlasak:

<Window x:Class="WpfApp1.MainWindow"
    xmlns="http://schemas.microsoft.com/winfx/2006/xaml/presentation"
    xmlns:x="http://schemas.microsoft.com/winfx/2006/xaml"
    Title="TextBoxSample" Height="160" Width="280">
  <Grid Margin="50">
    <Button>Hello World!</Button>
  </Grid>
</Window>

  

Ko’rib turganingizdek Button Elementidan foydalanish juda ham oson.

Bu kodni siz ham yozib ishlatib ko’ring. Bu juda muhim!

Agar ishlatib ko’rgan bo’lsangiz sichqoncha kursorini Button ustiga olib borganingizda Button ranglari o’zgarganini sezasiz. Bu juda ajoyib albatta. 

Keyin esa Button ni bosib ko’ring, va siz hech narsani sezmaysiz. Ya’ni Button elementimizga vazifa qo’yganimiz yo’q. 

Endi esa ushbu tugmachamizga vazifa yuklaymiz.

<Button Click="Button_Click">Hello World!</Button>

Biz hozir tugmachamizning Click ya’ni bosilish hodisasiga yangi funksiya biriktirib qo’ydik. Bu haqida hozircha ko’p o’ylamang va dasturimizning cs (C# ) kodiga quyidagi funksiyani qo’shib qo’yamiz.

private void Button_Click(object sender, RoutedEventArgs e)
    {
      MessageBox.Show("Salom Dunyo!");
    }

Dasturni ishga tushiring, va tugmachani bosing

 


Ushbu tugmachani bosganimizda, bizga Xabarlar qutisi orqali ‘Salom Dunyo!’ so’zini chiqarib berdi. 

Endi siz tugmachaga biriktirilgan funksiya orqali juda ko’p vazifalar yuklatishingiz mumkin.

Tugamachaga nom berish orqali, tugmacha ko’rinishlarini cs kodida o’zgartirish ham mumkin.

<Button x:Name="button1" Click="Button_Click">Hello World!</Button>

 ‘Button1’ o’rniga boshqa hohlagan nomingizni yozishingiz mumkin. Faqatgina ba’zi dastur muhitida foydalanilgan nomlardan tashqari nom bo’lishi kerak. Masalan : Button, Grid, StackPanel ….

Endi esa funksiyamizga yangi vazifa yozamiz.

private void Button_Click(object sender, RoutedEventArgs e)
    {
      button1.Content = "Salom Dunyo!";
    }

  


Tugmachani ustiga bosganimizda ‘Hello World’ so’zi ‘Salom Dunyo’ so’ziga o’zgardi

Button elementi o’z ichida boshqa elementlarni ham olishi mumkin.

Masalan: Ushbu tugmachamizga rasm qo’shamiz.

<Button Height="35">
      <StackPanel Orientation="Horizontal">
        <Image Source="https://icon-library.com/images/i-icon-png/i-icon-png-11.jpg"/>
        <TextBlock VerticalAlignment="Center" FontSize="13" Text="Ma'lumotlar"/>
      </StackPanel>
    </Button>

 


Button ning ranglarini o’zgartirish

Button elementiga har hil ranglar berish mumkin.

Ko’p cho’zmasdan kodga o’tamiz.

<Window x:Class="WpfApp1.MainWindow"
    xmlns="http://schemas.microsoft.com/winfx/2006/xaml/presentation"
    xmlns:x="http://schemas.microsoft.com/winfx/2006/xaml"
    Title="TextBoxSample" Height="180" Width="200">
  <Grid Margin="10">
    <Button Margin="20 45" Background="Blue" Content="Salom" Foreground="White"/>
  </Grid>
</Window>

 


Background - Orqa fon rangi

Foreground - Yozuv rangi

Va Hokozo

Button elementi ustida ko’p amallar bajarish mumkin qolganlarini keying darslarda o’rganib boramiz!!!


Report Page