Samorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi

Samorez (burama mix) ishlab chiqarish liniyasi

AFEX-GROUP LLC

Qurilish materiallari ichida eng ko'p miqdorda ishlatiladigan mahsulotlardan biri bu samorez hisoblanadi. Qo'llash sohasining ko'p ekanligi, uzoq muddat xizmat qilishi xaridorlarga ma'qul kelmoqda. Ko'pchilik tadbirkorlar samorez ishlab chiqargan ma'qulmi yoki oddiy mixni xalqimiz ko'p ishlatadimi degan mazmunda savol bilan murojaat qilishadi. Ikkala mahsulotning ham o'ziga yarasha ishlatilish qulayliklari va o'zi uchun zarur joylari bor. Masalan siz mix yordamida yog'och mebellar yasashda foydalana olmaysiz, lekin samorezni ham asbest shiferlar uchun ishlatish qiyinchilik tug'diradi. Biz sizga bugungi kunda eng ko'p ishlatiladigan xalq tilida "qora samorez" deb yuritiladigan turini ishlab chiqarishni boshlamoqchi bo'lganlar uchun to'liq liniyasini tavsiya qiladi. "AFEX-GROUP" LLC kompaniyasi uzoq yillik izlanishlar natijasida mukammal bo'lgan liniyani tavsiya qilishga qaror qildik. Hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayrim samorez mahsulotlarining bosh qismi tez sinib qolishi yoki ozroq vaqt o'tgach zanglash holati yuzaga kelayotganligidan e'tiroz bildirishadi. Ko'pchilik esa buni xomashyodan deb o'ylashadi, to'g'ri xomashyoga ham ko'p bog'liq, lekin bir xil turdagi C1022 markali simdan foydalanadigan ikki xil ishlab chiqaruvchining mahsuloti sifati turlicha bo'lgandan keyin, demak xato ishlab chiqarish uskunasida yoki undagi protsesga bog'liq bo'ladi.

Sim cho'zish uskunasi

Dastavval ishni maxsus uglerodli simni (C1022 markali) kerakli o'lchamga cho'zib olishdan boshlash lozim. Albatta xoxlovchilar ushbu uskunani olmasliklari ham mumkin, lekin Xitoylik hamkorlarimizning aytishiga qaraganda belgilangan o'lchamdagi simni import qilish jarayonida unga kichik miqdorda chang zarralari, yoki deformatsiyalanish natijasida o'z kengligi sezilmas darajada o'zgarishi mumkin va bu samorez sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi degan fikrdalar.

www.afex.uz

Simga qalpoqcha (samorez bosh qismi) ochish uskunasi

Ushbu uskuna simni kerakli o'lchamda kesib, uni bosh qismini ochib berish vazifasini bajaradi. Bundan chiqqan mahsulot xuddi oddiy mixga o'xshash ko'rinishda bo'ladi. Siz uskuna qolipini almashtirish orqali uning diametrini o'zgartirish imkoniga ega bo'lasiz.

www.afex.uz
www.afex.uz

Samorezga burama iz ochish uskunasi

Qalpoqcha hosil qilingan mahsulot ushbu uskunaning maxsus idishiga solinadi. Uskuna ularga ketma ketlikda burama iz tushiradi. Bu jarayon ko'pchilik o'ylagandek tokarni uskunaga o'xshab. mahsulotni yo'nish orqali emas, maxsus izli qolipdan presslab o'tqazish orqali qilinadi, shu sababli mahsulotda hech qanday chiqindi chiqmaydi.

www.afex.uz
www.afex.uz

Samorezga termik ishlov beruvchi maxsus konveyerli pech

Ushbu bosqich sizning mahsulotingiz sifatini belgilab beruvchi eng zaruriy bosqichlardan biri sanaladi. Biz sizlarga biznesingiz uchun boshlang'ich ishlab chiqarish quvvati uchun yetarli bo'lgan termik ishlov berish pechini tavsiya qilmoqdamiz. Ushbu konveyerli pech yordamida siz ishlov berish jarayoni uchun zarur bo'lgan Metanol va Kerosin purkash uchun maxsus quvurlar ham joylangan bo'lib, u sizga ish jarayonida ortiqcha ish kuchi sarfini oldini oladi. Termik pech uchun zaruriy maydon xaridor tomonidan uzunligi 20 metrdan kam bo'lmasligi lozim. Konveyer pech o'zida sovutish bosqichlarini ham jamlaganligi sababli bunda muammo bo'lmaydi degan umiddamiz. Uskunada muammolar yuzaga kelmasligi uchun OCr21Al6Nb maxsus materialli tenlardan foydalanilgan. 

  • Besh bosqichli isitish zonasi
  • Konveyer uchun invertor matordan foydalanilganligi
  • 1,1 kw/soat lik maxsus sirkulyatsion ventilyatorlar


www.afex.uz
www.afex.uz
www.afex.uz
www.afex.uz

Galvanizatsiyalash uskunasi

Har qanday tadbirkor biror mahsulot ishlab chiqarishdan avval uni uzoq muddat xaridorga xizmat qilishini xoxlaydi. Agar siz ham o'z samorezlaringizni xaridorlarga uzoq muddat xizmat qilishini xoxlasangiz samorezlaringizni maxsus kimyoviy ishlov berish jarayonidan o'tqizishni tavsiya etamiz. Ushbu jarayon sizga mahsulotingiz sirtki qatlamini zanglamas holatga olib keladi, hamda agar siz mahsulotingiz rangini ham o'zgartirishingiz mumkin. Ushbu uskuna sizga uzoq muddat xizmat qilishi uchun PP (polipropilen) dan maxsus buyurtma asosida qilmoqdamiz.

www.afex.uz
www.afex.uz

Sentrafugali quritish uskunasi

Ushbu uskuna galvanizatsiyalash jarayonidan o'tgan samorez mahsulotlarini quritish uchun mo'ljallangan bo'lib, bu jarayon oxirgi bosqich sanaladi. Sizning samorezlaringiz tayyor va endi bemalol ularni xaridorlarga taklif qilsangiz ham bo'ladi.

www.afex.uz

Tug'ilishi mumkin bo'lgan ba'zi savollarga oldindan javob berishni ma'qul topdik:

1) Sizlar ushbu liniyani o'rnatish uchun mutaxasislar bilan ta'minlay olasizlarmi?

Ha albatta, bizning korxonamiz siz tadbirkorlar uchun kerakli mutaxasislarni O'zbekiston hududidan yoi xaridor xoxishiga ko'ra Xitoy davlatidan olib kelish imkonimiz bor.

2) Ushbu liniya olingan taqdirda biz xomashyoni qayerdan va qancha pulga sotib olamiz?

AFEX-GROUP kompaniyasi sizlarni uzoq muddatli va qisqa muddatli shartnomalar asosida xomashyo (C1022 markali sim) yetqizib berishni o'z zimmasiga olishi mumkin. Bunda mahsulot narxi shartnoma shartlariga asosan 1000$-1100$ tonnasi uchun Toshkentdan qabul qilib olishlari mumkin.

3) Agar shu liniyani sizlardan kredit asosida xarid qilsam bo'ladimi va menga qanday hujjatlar lozim?

Hurmatli mijozlar, biz kreditni to'g'ridan-to'g'ri bermaymiz. Siz kredit asosida ish boshlash niyatingiz bo'lsa, o'z hududiy banklaringizdan kredit foiz stavkalari hamda talab qilinadigan shartlar bilan batafsil tanishib olishingiz mumkin. Bank xodimi sizdan shartnoma talab qilgan taqdirda, korxonamiz xodimlari sizga shartnoma beradi. Buning uchun bank rekvizitlari, tadbirkorlik guvohnomasi, STIR, rahbar passport nusxasi va muhr talab etiladi.

4) Bir kunda men qancha mahsulot ishlab chiqaraman va ushbu uskunani bir sutkada qancha payt ishlatish mumkin?

Uskuna sizga sutka davomida xizmat qilishga qurbi yetadi lekin uning texnik ko'rikdan o'z vaqtida o'tqazishni, hamda haftada bir kun dam berishni maslahat beramiz. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar aniq bo'lib siz ular orqali bir kunlik ish vaqtingizni rejalashtirib ishlab chiqarish hajmini hisoblash mumkin. O'rta hisobda bir sutkada 1200-1400kg mahsulot chiqarish mumkin.

www.afex.uz
www.afex.uz

Eslatma! Tepada keltirilgan narxlar 25.01.2019 sanadagi narxlarga muvofiq 

ko'rsatilgan va QQS narxlar ichiga kiritilmagan. Narxlar o'zgarishi mumkin.

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, 

tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov 

kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkentdagi "Afex-Group" LLC omboridan qabul qilib 

oladi va kompaniyamiz uskuna va xomashyolaringizni Oʻzbekistonning istalgan 

hududiga bepul yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.

(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Murojaat uchun: 

📞 +998 94 162 26 65

📞 +998 93 381 66 99

📞 +998 93 382 66 99

✉️ Email: afex.uz@mail.ru

🌐 www.afex.uz

Telegram: t.me/afexuz

Manzil: Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli 150.

Moʻljal: Janubiy temiryoʻl vokzali roʻparasida "Vega Centre" 5-qavati, 6-xona

www.afex.uz
www.afex.uz


Report Page