Burama chak-chak 🤩

Burama chak-chak 🤩


😍💣 hamma sirlari bilan📌

4 ta tarelka chiqadi shu massaliqdan 🙌🏻

Sizdan faqat 🫶🏻

5 ta tuxum

0,5 choy qoshiqdan kamroq soda

Chimdim tuz

420-430 gramm un

500 gramm shakar

350 ml suv

2 osh q toza asal

1-2 tomchi limon sok

Hamirni birinchi 30 minut tindirip keyin hamirni mushtlab 1 soatga tindiramiza. Tingan hamirni o'rtacha 3 mm qalinlikda yoyiladi. O'simlik yog'i bilan hamir usti surtiladi keyin yarimiga buklab 3 barmoq uzunlikda lentalar kesiladi . Shu har bir lentani 1 barmoq uzunlikda bir tekkis qilib kesiladi. 1-1,5 litr yog' solib qozonga past olovda qizivolish kere. 4-5 tadan hamirni solamiza va darrov qoshiq yoki chomich bilan qozonni o'rtasini aralashtiramiza chak chaklar yaxshi buralishi uchun 📌 Tilla ranga kirgandan keyin chak chak pishgan bo'ladi . Qisir qisir bo'lishi kere.

Shakar suvda erigandan keyin 2 osh qoshiqda asalni qo'shib aralashtiramiza.

Qiyomni 8-10 minutda tayyor bo'ladi past olovga qo'yib aralashtiriladi orada.

Qiyom tayyor bolishini bilish uchun 1 piyola muzdek suvga 2-3 tomchi qiyomni solganda qotib shakl berish kerak

Khafiza_foodblogger sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page