🌶Bulg'or qalampiri yetishtirish

🌶Bulg'or qalampiri yetishtirish

@dexqonchilik_uz

Ko‘chat tanlash. Ekiladigan shirin qalampir ko‘chatlari 40–45 kunlik, 6–7 bargli, poyasi va ildizlari durkun rivojlangan, barglari to‘q yashil tusda, sog‘lom bo‘lishi lozim.

Yer tayyorlash. Ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan bo‘shagan maydondagi yirik o‘simliklar qoldiqlaridan tozalanib, 1 sotix yerga 200 kg chirigan go‘ng sochib chiqiladi. Berilishi lozim bo‘lgan madaniy o‘g‘itlar miqdorini bir qismi qo‘lda sochib chiqilib, keyin maydon 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi, xaskash yordamida yirik kesaklar maydalanib bir yo‘la yer tekislab olinadi va 70 yoki 90 sm qator oralig‘ida ekish egatlari tortib chiqiladi.


Ekish muddati va sxemasi. Shirin qalampir ko‘chatlari janubiy viloyatlarda martning III o‘n kunligi, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda aprelning II–III o‘n kunligida va shimoliy mintaqalarda aprelning III va mayning I o‘n kunligida 70×30 sm yoki 70×40 sm tizimida, yer osti suvlari yaqin bo‘lgan yerlarda 90×25 sm tizimida ekiladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 445–475 ta ko‘chat sarflanadi.

Parvarishlash. O‘simliklarga birinchi ishlov berish ko‘chatlar tutib olgach, ya’ni ekilgach 10–12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egat ichi, pushta va qatordagi ko‘chatlar orasining tuprog‘i yumshatiladi. Birinchi parvarishlashdan 12–15 kun o‘tgach, ikkinchi suv beriladi. Tuproq yetilgach, yana bir bora chopiq qilinadi. Bunda yer begona o‘tlardan tozalanadi, yumshatiladi, tuproq ko‘chatning atrofiga bosiladi. Shirin qalampir o‘simligi yaxshi rivojlanib, mo‘l hosil berishi uchun uning ildizi joylashgan qatlam havo bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun suv egat oralatib quyilgani ma’qul.

O‘g‘itlash. Shirin qalampir yetishtirishda tuk holda 1 sotix maydonga 7,6 kg sulfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor o‘g‘itlari beriladi. 1 kg ammofos va 0,75 kg kaliy xlor haydovdan oldin 200 kg chirigan go‘ng bilan birga solinadi.

Shirin qalampir suvga talabchan o‘simlik bo‘lib sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda o‘suv davri mobaynida sug‘orishda har gal 1 sotixga 5–6 m3 hisobidan 18–20, sizot suvi yuza o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqli yerlarda 12–15 marta sug‘oriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda hosil yetilguncha har 8–12 kunda, hosil yoppasiga pishganda esa 5–7 kunda sug‘oriladi. Kuz boshlangandan keyin ekin kamroq sug‘oriladi. Shirin qalampir haddan oshiq zaxlatib yuborilsa, so‘lish kassaligiga chalinadi, shuning uchun tuproqning namlanishi o‘simlik poyasiga 5–10 sm qolganda sug‘orishni to‘xtatish lozim.


Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Asosiy zararkunandalardan – shira, kanalar, oqqanot, tripsga qarshi 10 sotix ekin maydoniga Konfidor 20% em.k. (25–30 ml), (0,25–0,3 l), Mospilan 20% n.kuk. (25–30 g) preparatlaridan birortasi ishlatiladi.

Kasalliklardan mevalarni uchidan chirishi, bakterial qora dog‘, so‘lish, mozaika, stolbur kuzatiladi. Un shudringga qarshi Bayleton 25% n.kuk. (100–200 g), Previkur 72,2% s.e.k. (150 ml), Kurzat R n.kuk. (200–250 g), Rirdomil gold 68% s.d.g. (200–250 g) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qo‘llash mumkin. 60–70 litr suvga tayorlangan aralashma ishlatiladi. Bu kimyoviy preparatlarni mutaxassislar nazoratida qo‘llash zarur.


Hosilni yig‘ishtirish. Shirin qalampir juda o‘ziga xos o‘simlik bo‘lib, mevasini ko‘kligida ham, qizarganida ham iste’mol qilish mumkin. Shirin qalampir ko‘kligida yig‘ib olinsa, hosil miqdori nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Ko‘kligida yig‘ib olinmasa 20–30 kun ichida qizil tusga kiradi va mevasida A va S vitaminlari ancha oshadi. Hosil yig‘ishda mevalarni kesib olishga harakat qilish lozim, aks holda ekin novdalari sinib ketishi mumkin.


Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar Nargiza, Tong, Jayxun F1, o‘rtapishar Zarya Vostoka, Dar Tashkenta, Yulduz, Sabo, kechpishar Zumrad.


t.me/dexqonchilik_uz

@dexqonchilik_uz


​❗Qadrli do'stlar, bugungi dexqonchilikka oid mavzularimizni xozircha shu yerda to'xtatamiz va ertaga esa sizlarga ko'plab murojaatlarga asosan, bulg'or qalampirini issiqxonalarda yetishtirish to'g'risidagi mavzular bilan davom ettiramiz.


Bizdan uzoqlashmang!!!✔✔✔


t.me/dexqonchilik_uz

Report Page