Bugun yurtimizda Alisher Navoiyning 580 yillik tavallud sanasi keng nishonlanmoqda.

Bugun yurtimizda Alisher Navoiyning 580 yillik tavallud sanasi keng nishonlanmoqda.


Buyuk shoir, mutafakkir, ilm-ma’rifat sohibi Hazrat Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda dunyoga kelgan.

Bugun esa Navoiy monand jajji bir bolaning ham tavvallud ayyomi. Bu bolakay ham 9-fevralda dunyoga kelib, “Alisher Navoiy sifatida o’zining 1 yoshidan butun O’zbekistonga tanilib ulgurdi”- deb yozadi Molodej Uzbekista gazetasi muxbiri. Kichkina Alisher 3 yoshida Bolajon telekanalining “Bolajon shou” dasturida ishtirok etib barchani lol qoldirgan. Dasturda Alisher 210 ta davlatning poytaxtini yoddan ayta olgan, she’r va qo’shiqlarni hirgoya qilgan, ertaklarni ravon so’zlay olganligi bilan Respublika MTRKsi tomonidan qimmatli sovg’a va faxriy yorlik bilan taqdirlangan.

Kichkina Alisherbek bilan faxlanib kelayotgan ota-onasi esa universitetimizning yosh o’qituvchilari F. Ganjiyev hamda N.Xolikovalar. Bugungi qo’shaloq bayramon – Alisher Navoiyning 580 yilligi va Alisher Ganjiyevni 5 yoshi ularni ham tabriklaymiz. 



Report Page