Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


💠Nurafshon shahri hokimligida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining VII chaqiriq beshinchi sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💢Unda:

-  Shahar Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti;

-  Shahar Adliya bo‘limi tomonidan norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti;

-  2025 yilda Nurafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida;

 -  Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2024 yilda shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

-  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosi to‘g‘risida;

-  Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;

-  Nurafshon shahar mahalliy byudjetining 2025 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘ini taqsimlash to‘g‘risida

💠 Shu va boshqa masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining VII-chaqiriq beshinchi sessiya qarori qabul qilindi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Report Page