Bugun Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining yettinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sherzod Salixov raislik qildi va olib bordi.
Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar koʻrib chiqildi.
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining doimiy komissiyalar tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida;
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashida ish yuritish yoʻriqnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida;
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Davron Teshaboyev, Farhod Ibragimov, Abduvoxid Turdiboyev, Suroyyo Axmedova, Morifjon Mamatkulovlar soʻzga chiqib, oʻzlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati.