Bugun Quyi Chirchiq tumanida Markaziy bank tomonidan "Aholini moliyaviy savodxonligini oshirish" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Unda tuman Markaziy bank to'lov tizimi ma’sul xodimi L. Kadirov,
Markaziy bank kredit boshkarmasi ma’sul xodimi T. Abduxalikov va
Markaziy bank ijro apparatidan X. Maxamadiyev tuman xotin-qizlar masalalari bo'yicha hokim o'rinbosari F. Kamalova,ishtirok etdi.
Seminar davomida, tumanning barcha mahallalaridan tadbirkorlikka qiziqqan xotin-qizlar ishtirok etib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan va bu bo'yicha savollari mavjud bo'lgan xotin-qizlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga shu joyning o'zida javoblar oldi.
Bundan tashqari, bank hodimlari tomonidan fuqarolarga bank kartalari, kreditlar va boshqa bank xizmatlari haqida tushunchalar berildi.
Seminar yakunida, Xalq banki, MKB va Biznesni rivojlantirish banki hamkorligida "Biznes loyihalar, xotin-qizlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash" deb nomlangan kitoblar, qo'llanmalar tashrif buyurganlarga taqdim etildi.