Bugun, "Hukumatimiz tomonidan Kadastr sohasiga oid bir nechta normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilinganligi" munosabati bilan Matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
https://t.me/surxonkadastrJoriy yilning 21-sentabr kuni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi binosida Surxondaryo viloyati ma'muriy sudi, Termiz tumanlararo ma'muriy sudi, Termiz shahar Davlat xizmatlari markazi, UZA Milliy axborot agentligi, "Surxon tongi" gazetasi, Jurnalistlar uyushmasi hamda “DIYOR-24” sayti va bir qancha blogerlar ishtirokida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblangan "Hukumatimiz tomonidan Kadastr sohasiga oid nechta normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilinganli"gi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari X.O'razov, Davlat kadastrlkari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i S.Shukurov, Davlat kadastrlkari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bosh yuristkonsulti A.Aliyev, boshqarmaning Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limi boshlig'i A.Xolboyev, boshqarmaning Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo'limi boshlig'i F.Ashurov, Surxondaryo viloyati ma'muriy sudi sudyasi O.Eronqulov va Termiz tumanlararo ma'muriy sudi sudyasi A.Abdulakimov hamda Termiz shahar Davlat xizmatlari markazi hodimi Z.Islamovlar qatnashdilar.
Matbuot anjumanida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023-yildagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 409-sonli qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023-yildagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 411-sonli qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ”O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 424-sonli qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023-yildagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
426-sonli qarorlari qabul qilingan.
Xususan, ushbu qarorlarning ijrosi yuzasidan Kadastr sohasiga oid ishlari xususida ma'lumotlar berib o'tildi.
Shuningdek anjumanida "Surxon tongi" gazetasi muxbiri N.Muhibullayev, UZA Milliy axborot agentligi muxbiri J.Ko'zimurotov, Jurnalistlar uyushmasi muxbiri M.Xamrayeva, DIYOR 24 sayti muxbiri hamda bir qator mustaqil va davlat ommaviy axborot vositalarining jurnalistlari va blogerlar ishtirok etib qiziqtirgan savollariga Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi masʼul rahbar va mutaxassislaridan javob oldilar.