Bugun Dang‘ara tumanidagi musiqa va sanhat maktabida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi

Bugun Dang‘ara tumanidagi musiqa va sanhat maktabida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi

Одилжон Жалолов

"Asosiy fan olimpiadasining II tuman (shahar) bosqichini hamda xorijiy til tanlovini o‘tkazish" mavzusida tashkil etilgan amaliy seminarda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassislari, shahar va tumanlar mudirlari hamda tegishli mutaxassislari qatnashdilar.

Tadbirni viloyat xalq tahlimi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sherzod Dolimov ochib, seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Xalq ta’limi vazirligi Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti bo‘lim boshlig‘i O‘tkir Jo‘rayev kun tartibidagi mavzu mohiyat va ahamiyati xususida ma’lumotlar berdi.

Shundan so‘ng joriy yilda fanlar olimpiadasini o‘tkazish yuzasidan keng qamrovli tushunchalar berdi.

Xalq ta’limi vazirligining 4-oktyabrdagi 319-sonli buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.

Seminar davomida qabul qilingan yangi Nizom bilan yaqindan tanishildi.

O‘tgan yillarda o‘tkazilgan fanlar olimpiadasi jarayonlari tahlil qilindi. Joriy yilda o‘tkazilayotgan bilimlar sinovi shafof va adolatli tashkil etilish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.


Создано с помощью Telegraph X Pro

Report Page