Bugun — Navoiy davlat pedagogika institutining birinchi rektori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Rahmonov Ravshan Raxmonovich 1943-yil 15-mayda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tavallud topgan.  

Bugun — Navoiy davlat pedagogika institutining birinchi rektori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Rahmonov Ravshan Raxmonovich 1943-yil 15-mayda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tavallud topgan.  


Ravshan Rahmonov 1983-yilda Navoiy davlat pedagogika institutiga asos solib, 2004-yilga qadar mazkur dargohni rektori bo‘lib faoliyat yuritgan. Bu yil marhum ustozni tavalludiga 81 yil toʻldi.

 1949-yilda Qorakoʻl tumani markazidagi A.S.Pushkin nomidagi maktabga 1-sinfga oʻqishga bordi. 1960-yilda maktabni aʼlo baxolarda tamomlagandan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining tarix fakultetiga oʻqishga kirgan. Talabalik yillarida aʼlo baxolarga oʻqishi bilan birga universitetning yoshlar qoʻmitasi sarkotibi vazifasini ham bajardi. Oʻqishi davomida universitetning professor-oʻqituvchi va talabalari oʻrtasida oʻzining bilimi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi va sportning kurash turiga qiziqishi bilan ajralib turgan. 1965-yil universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagandan soʻng uning falsafa faniga qiziqishi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti kunduzgi boʻlim aspiranturasida oʻqishga kirishiga sabab boʻldi. Aspiranturada Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor E.Yusupov ilmiy rahbarligida “Milliy progressiv anʼanalarning baynalmilal tarbiyadagi oʻrni va roli” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bordi va 1968-yil 12-iyunda uni muvaffaqqiyatli himoya qildi. 

Ravshan Rahmonov 1969-yildan boshlab Buxoro davlat pedagogika instituti(hozirgi BuxDU)ning Falsafa kafedrasida oʻzining ilmiy pedagogik faoliyatini davom ettirdi. 1975-yilda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan unga dotsent ilmiy unvoni berilgan. Oʻz ilmiy tadqiqot ishini davom ettirish maqsadida 1980-yili Moskvadagi sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Falsafa institutining kunduzgi boʻlim doktoranturasida oʻqishga kiradi. Falsafa fanlari doktori, akademik E.Yusupov va falsafa fanlari doktori, professor F.Konstantinovlar ilmiy rahbarligida “Shaxs ongida baynalmilal eʼtiqodni shakllantirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ustida tadqiqot olib boradi va 1982-yil 18-oktyabrda muddatdan avval doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ravshan Raxmonov 39 yoshida falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini oldi va oʻsha davr uchun Ittifoqda bu yoshda falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish kamdan kam uchraydigan holat edi. Bundan tashqari qisqa vaqt oʻtgandan soʻng, yaʼni 1984-yilda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan unga professor ilmiy unvoni ham berildi. 

Bugungi kunda nafaqat Navoiy viloyati, balki, respublikamiz oliy taʼlim tizimida oʻz nufuzi va oʻrniga ega boʻlgan Navoiy davlat pedagogika institutining tashkil etilishi va rivojlantirilishi jarayonida ham Ravshan Rahmonovning oʻz oʻrni va hissasi bor. Ushbu oliy oʻquv yurti Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sifatida OʻzSSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi 455-sonli Qarori bilan tashkil etilgan. Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali tashkil etilishi 1982-yilda yangi tashkil etilgan Navoiy viloyati ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Chunki, bungacha Navoiy viloyatida istiqomat qilayotgan yoshlar pedagogika sohasida oliy maʼlumot olish uchun qoʻshni Samarqand va Buxoro viloyatlari yoki poytaxt Toshkent shahridagi oliy oʻquv yurtlariga borib tahsil olishgan.


Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati.


Report Page