Bu yurtda inson qadri ulug'dir.

Bu yurtda inson qadri ulug'dir.


Bu galgi muloqotda Kultepa, Ko'lota va Mustaqillik mahallalari fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar mas’ul rahbarlar ishtirokida tahlil qilindi.


Jarayonda aholi vakillaridan jami 30 dan ziyod murojaat kelib tushib, ular asosan koʻcha yoritgichlari oʻrnatish, gaz quvurlarini o‘rnatish, elektr ustunlarini yangilash, yo'llarga shag‘al yotqizish singari muammolar,masalasida ekanligi aniqlandi

Qabul davomida mahalla fuqarolaridan kommunal xizmat sohasidagi muammolar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, moddiy ko‘mak, tibbiy xizmat, xususan, sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish, uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa masalalar xususida murojaat va takliflarini bildirishdi.

Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.

Ta’kidlash zarurki, har bir hududda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar va muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - aholini qiynagan muammolarga ichidan nazar solish va yechimini topishga ko‘maklashishdir.

Report Page