Brokerlik hisobraqami to‘ldirish va undan mablag‘larni chiqarish

Brokerlik hisobraqami to‘ldirish va undan mablag‘larni chiqarish

Jett investitsiya servisi

Brokerlik hisobraqamini to‘ldirish va undan mablag‘larni chiqarish MULTICARD, UZCARD yoki HUMO bank kartalari orqali amalga oshiriladi.

Brokerlik hisobraqamini to‘ldirish va undan mablag‘ni chiqarib olish uchun komissiya quyidagicha belgilangan:
MULTICARD kartasi – 0%;
UZCARD kartasi – 0.8%;
HUMO kartasi – 0.3%.

Brokerlik hisobraqamini to‘ldirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

1. “Investitsiyalar” bo‘limining bosh sahifasida “To‘ldirish” tugmasini bosing;

2. Ochilgan sahifada mablag‘ summasini kiriting;

3. Ilovaga qo‘shilgan kartani tanlang. Agar kartangiz ilovaga bog‘lanmagan bo‘lsa, “Karta qo‘shish” tugmasini bosib, karta raqamingiz va uning amal qilish muddatini kiritgan holda kartangizni ilovaga bog‘lang;

5. “Keyingisi” tugmasini bosing va batafsil ma’lumot bilan tanishgan holda “To‘ldirish” tugmasini bosing.

Brokerlik hisobraqamini to‘ldirish "Toshkent" fond birjasining ish vaqtida (ish kunlari soat 9:30 dan 16:00 gacha) to‘lovdan so‘ng 30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.

Agar siz birja ish vaqti tugagan paytda brokerlik hisobraqamini to‘ldirishni amalga oshirgan bo‘lsangiz, sizning kartangizdan yechib olingan mablag‘ birjaning keyingi ish kuni boshlanganidan so‘ng 30 daqiqa ichida brokerlik hisobraqamida ko‘rinadi.

Brokerlik hisobraqamidan mablag‘larni chiqarish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

1. “Investitsiyalar” bo‘limining bosh sahifasidagi maxsus belgini bosing va “Chiqarish” bandini tanlang;

2. Chiqarish lozim bo‘lgan summani ko‘rsating va mablag‘ chiqariladigan kartani tanlang. Agar kartangiz bog‘lanmagan bo‘lsa, “Kartani qo‘shish” tugmasini bosgan holda kartangizni ilovaga qo’shing.

3. “Keyingisi” tugmasini bosing va batafsil ma’lumot bilan tanishing, ko‘rsatilgan mablag‘ni yechib olishni sizga yuborilgan SMS-kod orqali tasdiqlang.

Brokerlik hisobraqamidan sizning mablag’ingiz chiqarish bo‘yicha ariza berilgandan so‘ng 1 birja ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Agar siz birja ish vaqti tugagan paytda brokerlik hisobraqamidan chiqarishni amalga oshirgan bo‘lsangiz, sizning kartangizga tegishli mablag‘ birjaning keyingi ish kuni kelib tushadi.

Report Page