Brokerlik hisobraqami ochish

Brokerlik hisobraqami ochish


Jett servisi orqali Brokerlik hisobraqamini 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari hamda O‘zbekistonda yashovchi nerezidentlar onlayn ochishlari mumkin. Chet el fuqarolari uchun hisobraqam brokerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri @Jett_support telegram manziliga murojaat qilish orqali ochiladi.

Jett servisida masofadan turib brokerlik hisobraqamini ochish xizmati narxi

12,000 so‘mni tashkil etadi.

Brokerlik hisobraqamini ochish uchun:

1. Jett Inves App ilovasini Play Market yoki App Store dan yuklab oling;

2. Ilovani ochgach, "Tizimga kiring" tugmasini bosing. Keyin pastki qismdagi "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasi orqali akkaunt oching;

3. Ochilgan sahifada telefon raqamingizni kiriting va "Kodni yuborish" tugmasini bosing. Telefon raqamingizga yuborilgan SMS-kodni kiritib, roʻyxatdan oʻtishni tasdiqlang.

4. Keyingi bosqichda kerakli ma’lumotlarni to‘ldiring va MyID orqali identifikatsiyadan o‘tib, shaxsingizni tasdiqlang.

5. Akkauntingiz uchun parol yarating va ilovaga kirish uchun PIN-kod o‘rnating.

6. Hisob raqam ochish uchun "Hisob oching" tugmasini bosing va ariza yuboring.

7. Hisob raqamini ochish uchun emailingizni tasdiqlang. Keyin kartangizni qo‘shing, oferta shartlariga rozilik bildiring va "Keyingi" tugmasini bosib arizani yuboring.

8. Hisob raqamini ochish bo‘yicha arizangiz qabul qilindi. Birja ish vaqtida yuborilgan arizalar odatda 15 daqiqa ichida ko‘rib chiqiladi va hisob raqami ochiladi.

Birja ish vaqti: dushanbadan jumagacha, 09:30–16:00.


Report Page